Oziq-ovqat mahsulotlarini jihozga joylashtirishdan avval ishlab chiqarish qoldiqlarini olib tashlash uchun jihozning ich tomoni va tashqarisini iliq suv va yumshoq yuvish suyuqligi bilan tozalang.
Agar eshiklari yaxshi yopilmagan bo‘lsa yoki yoz paytida namlik yuqori bo‘lsa, jihoz eshiklarida muz hosil bo‘lib qolishini foydalanuvchilar yodda tutishlari zarur.
Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Eshikni uzoq vaqt ochib qo‘yish jihoz bo‘lmalaridagi haroratning sezilarli darajada ortishiga olib kelishi mumkin.
Agar sovutish jihozi uzoq vaqt davomida bo‘sh qoldirilsa, uni o‘chiring, muzlarini eriting, tozalang, quriting va jihoz ichida mog‘or hosil bo‘lishining oldini olish uchun eshigini ochiq qoldiring.
Muzdan tushirishdan so‘ng harorat ko‘tarilishi borasida jihozning texnik tavsiflarida ma’lum chegaralar belgilanganiga e’tibor qarating. Harorat ko‘tarilishi tufayli saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotiga bo‘ladigan ta’sirni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini zichlab yoping yoki bir necha qavat qilib o‘rab qo‘ying.