Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > Tеxnik xavfsizlik

Tеxnik xavfsizlik

  • Ushbu jihoz jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va bilimi kam shaxslar (jumladan, bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar jihozdan foydalanishlari mumkin. Bolalarni jihoz yonida nazoratsiz qoldirmang.

  • Bu jihoz uy xo‘jaligida va quyidagilar kabi shunga o‘xshash holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan:

    • do‘konlar, ofislar va boshqa ishxonalardagi xodimlar uchun oshxona hududlarida;

    • fermerlik uylarida va mehmonxonalar, motellar va boshqa turar-joy ijarasi tipidagi joylarda mijozlar tomonidan;

    • yotoqxona va nonushta berishga mo‘ljallangan joylarda;

    • umumiy ovqatlanish oshxonalari va boshqa shunga o‘xshash joylarda.

  • Ushbu sovutgich jihozi ichki qurilgan jihoz sifatida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.

  • Ushbu jihoz ishlash vaqtida tebranuvchi dengiz kemalari yoki avtofurgonlar kabi ko‘chma yoki mobil o‘rnatish joylarida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.

  • Bu belgi e’tiborsiz qoldirilgan hollarda uchqunlashi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yonuvchan materiallar haqida ogohlantiradi.

  • Bu jihoz tarkibida oz miqdordagi izobutan sovutish vositasi (R600a) mavjud, biroq u yonuvchan hamdir. Jihozni tashishda yoki o‘rnatishda uning sovitish sxemasiga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi.

  • Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga chiqarishda maxsus tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan avval servis markazi agenti yoki sohaning malakali ustasi bilan maslahatlashing.

  • Jihozning sovitish sxemasiga zarar yetkazmang.

  • Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa, u almashtirilishi kerak. Xavfning oldini olish uchun shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

  • Jihozning orqa korpusiga ko‘chma ko‘p tirqishli rozetkalar yoki ko‘chma elektr ta’minot jihozlarini joylashtirmang.

  • Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr vilkasini rozetkaga ulang.

  • Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani mahkam ushlang va rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring.

  • Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish teshiklarining tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymang.

  • Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi moddalarni saqlamang.

  • jihozni tashish chog‘ida uni tortib yoki itarib engashtirmang.

  • Jihozni joylashtirganda elektr shnurining tiqilib qolmaganligi yoki shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling.

  • Muzdan tushish jarayonini tezlatish uchun mexanik qurilma yoki boshqa vositalardan foydalanmang.

  • Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan foydalanmang va badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham tiqmang.

  • Oziq-ovqat mahsulotlari tortmalarida ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan vositalar turiga mos bo‘lmagan elektr jihozlarni saqlamang.

  • Jihozni siljitayotganda qo‘l yoki oyoq kabi tana a’zolarining qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.

  • Jihozning ichki yoki tashqi qismlarini tozalashdan avval elektr shnurini uzib qo‘ying.

  • Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki tashqarisiga hech qachon suv yoki yonuvchan moddalarni (tish pastasi, spirt, eritgich, benzin, oson alangalanuvchi modda, abraziv material va h.k.) purkamang.

  • Jihozni hech qachon dag‘al yuzali yoki metall materialdan qilingan cho‘tka, latta yoki mochalka bilan tozalamang.

  • Faqat LG Electronics servis markazining malakali mutaxassisigina jihozni qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi zarur. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib o‘rnatadigan bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling.