Yuqoriga > ISHLATISH > Foydalanishdan avval > Mahsulotlarni yaxshi saqlash

Mahsulotlarni yaxshi saqlash

  • Noto‘g‘ri haroratda saqlanganda oziq-ovqat mahsulotlari muzlab qolishi yoki aynishi mumkin. Sovutkichni saqlanayotgan oziq-ovqatga mos bo‘lgan haroratga o‘rnating.

  • Muzlatilgan yoki sovutilgan oziq-ovqat mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang.

  • Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan muddati va yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar) tekshiring.

  • Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat saqlamang.

  • Muzlamagan oziq-ovqat mahsulotini bevosita muzlatilgan mahsulotga tegadigan tarzda joylashtirmang. Ortiqcha miqdordagi yangi oziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirmang.

  • Tezroq muzlatish, osonroq eritish va ishlov berish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini porsiya hajmidagi miqdorlarda muzlating.

  • Sovitilgan yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotini darhol mos ravishda sovutgich yoki muzlatgich bo‘lmasiga qo‘ying.

  • Xom go‘sht va baliqni u boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga tegmasligi yoki ustiga tushmasligi uchun sovutkichda mos idishlarda saqlang.

  • Sovutilgan taomlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sabzavotlar tortma qutisining tepasida saqlash mumkin.

  • To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.

    • Faqat o‘zingizga kerakli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib oling. Eritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tezda iste’mol qiling. Uni faqat pishirgandan keyingina qayta muzlatish mumkin.

  • Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni sovuting Agar jihoz ichiga juda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

  • Jihozni xaddan tashqari ortiqcha to‘ldirib yubormang. Agar jihoz ortiqcha to‘ldirib yuborilsa, sovuq havo mos darajada aylanmasligi mumkin.

  • Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past haroratni o‘rnatmang.

  • Agar jihozda salqinlatish bo‘lmasi mavjud bo‘lsa, tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-sabzavotlarni bunday bo‘lmalarda saqlamang, chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin.

  • Doimo ishlab chiqaruvchining muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlab turish davomiyligi bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qiling. Oziq-ovqat mahsulotlarining tavsiya qilingan saqlab turish vaqtidan oshirib yubormang.

    • Saqlab turish vaqti limitidan oshirib yuborishning oldini olish uchun saqlashga qo‘yish sanasi, ruxsat berilgan saqlab turish davomiyligi va oziq-ovqat nomini qadoqqa yozib qo‘ying.

  • Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.

    • O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat qiling.

    • Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.

    • Agar elektr tarmog‘idagi uzilish, ayniqsa yoz oylarida, uzoqroq davom etsa, ushbu yo‘riqnomalarga amal qiling:

      - Elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan vaqtda jihozga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirmang.

      - Agar elektr ta’minotida uzilish bo‘lishi e’lon qilingan va uning 10 soatdan ortiq vaqt davom etgishi kutiladigan bo‘lsa, ma’lum miqdorda muz tayyorlang va uni idishda muzlatgichning yuqori polkasiga joylashtiring.

      - Elektr ta’minotidagi uzilish yoki bosha nosozlik vaqtida jihozdagi haroratning oshishi tufayli oziq-ovat mahsulotlarining yaroqlilik muddatlari qisqaradi va ularning sifati pasayadi. Zarur hollarda erigan oziq-oqvat mahsulotlariga ishlov bering va uni pishirilgan holatda qaytadan muzlating.