Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Boshqarish paneli modelga bog‘liq ravishda Sovutgich eshigining ikkala tomonidan birida yoki Sovutgich ichida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Vacation
Bu funksiya ta’til tufayli uydan uzoqda bo‘lganingizda foydalidir, chunki u energiya sarfini kamaytiradi. Bu funksiya yoqilganida sovutgich harorati 7 °C va muzlatish kamerasi harorati -15 °C bo‘ladi. Bu funksiya o‘chirib qo‘yilganida sovutgich va muzlatish kamerasi harorati avvalgi harorat sozlamalariga qaytadi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya yoqilganida Wi-Fi tugmasidan boshqa tugmalar ishlamaydi.
Bu funksiya yoqilganida sukut bo‘yicha haroratga qaraganda pastroq haroratni talab qiluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ehtiyot bo‘ling.
Uyda qaytganingizda boshqa tugmalarni blokdan chiqarish va muzlatkichni avvalgi sozlamalariga qaytarish uchun bu funksiyani o‘chirib qo‘yishni unutmang.
Freezer
-15 °C dan -23 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Muzlatish kamerasining sukut bo‘yicha harorati -18 °C yoki -20 °C.
Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har safar 3 soniya bosib turganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Bu rejim yoqilganida shovqinlar hosil bo‘lishi va energiya iste’moli ortishi mumkin.
Fridge
1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning sukut bo‘yicha harorati 3 °C.
Express Cool
Bu funksiya sabzavotlar, mevalar kabi katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini tez sovutishi mumkin.
Bu funksiya mazkur tugmani har safar 3 soniya bosib turganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Wi-Fi*1
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun SMART FUNCTIONS bo‘limiga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun bar bir bo‘lma uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.
Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.