Muzlatish kamerasiga oziq-ovqat mahsulotlari joylashtirilgan holda qo‘lda muzdan tushirish, jihozga texnik xizmat ko‘rsatish yoki uni tozalashni bajarish oziq-ovqat mahsulotlari haroratining ko‘tarlishiga va ularning yaroqlilik muddatlarining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan barcha yuzalarni muntazam ravishda tozalab turing.
Jihoz ichki tarafi va tashqarisini tozalayotganda uni dag‘al cho‘tka, tish pastasi yoki yonuvchan materiallar bilan artmang. Tarkibida yonuvchan moddalar bo‘lgan vositalardan foydalanmang. Bu jihoz rangining o‘chishi yoki shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yonuvchan moddalar: spirt (etanol, metanol, izopropil spirti, izobutil spirti va hk.), eritgich, oqartirgich, benzin, yonuvchan suyuqlik, abraziv va h.k.
Tozalagandan so‘ng elektr kabeli shikastlanmaganini tekshirib ko‘ring.