Jihoz sovitmayapti yoki muzlatmayapti.
Elektr tokida uzilish bormi?
Boshqa jihozlarda tok bor-yo‘qligini tekshiring.
Jihoz rozetkadan uzib qo‘yilgan.
Elektr kabeli sanchqisini rozetkaga to‘g‘ri ulang.
Uyingizdagi saqlagich kuyib qolgan yoki zanjir uzgich ishga tushirilgan bo‘lishi mumkin. Yoki jihoz GFCI (Yerdagi qisqa tutashuv uzgichi) rozetkasiga ulangan va razetkadagi zanjir uzgich ishga tushirilgan.
Asosiy elektr qutisini tekshiring va saqlagichni almashtiring yoki oʻchirgichni asliga qaytaring. Saqlagich sigʻimini oshirmang. Muammo zanjirning ortiqcha yuklanishida boʻlsa, uni malakali elektrik orqali tuzattiring.
GFCI dagi zanjir uzgichni qayta o‘rnating. Agar muammoni bartaraf qilib bo‘lmasa, elektrikka murojaat qiling.
Jihoz yaxshi sovitmayapti yoki muzlatmayapti.
Sovutgich yoki muzlatgich harorati uning eng yuqori haroratiga sozlanganmi?
Sovutgich yoki muzlatgich haroratini sovuqroq darajaga o‘rnating.
Jihoz to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joydami yoki plita yoki isitkich kabi issiqlik chiqaruvchi buyum yaqinidami?
Jihoz o‘rnatilgan joyni tekshiring va uni issiqlik chiqaruvchi buyumlardan uzoqroqqa qayta o‘rnating.
Issiq ovqatni sovitmay jihozga qo‘ydingizmi?
Issiq ovqatni sovutgich yoki muzlatgich bo‘lmasiga qo‘yishdan oldin uni soviting.
Jihoz ichiga haddan ziyod ko‘p oziq-ovqat mahsuloti soldingizmi?
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida tegishlicha bo‘sh joy bo‘lishini ta’minlang.
Jihoz eshiklari jips yopilganmi?
Eshikni jips qilib yoping va jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti eshik yopilishiga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling.
Jihoz atrofida yetarlicha bo‘sh joy bormi?
Jihozni uning atrofida yetarlicha bo‘sh joy bo‘ladigan qilib o‘rnating.
Jihozdan yoqimsiz hid kelmoqda.
Sovutgich yoki muzlatgich harorati “Warm” (iliq) qilib sozlanganmi?
Sovutgich yoki muzlatgich haroratini sovuqroq darajaga o‘rnating.
Hidi o‘tkir bo‘lgan ovqat qo‘ydingizmi?
Hidi o‘tkir ovqatlarni yopiq idishlarda saqlang.
Tortmadagi sabzavot yoki meva aynib qolishi mumkin.
Chirigan sabzavotlarni tashlab yuboring va sabzavotlar tortmasini tozalang. Sabzavotlar tortmasida sabzavotlarni uzoq muddat saqlamang.