Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Servis markaziga qo‘ng‘iroq qilishdan avval > Kondensatsiyalanish va muzlash

Kondensatsiyalanish va muzlash

Jihoz ichida yoki sabzavotlar tortmasi qopqog‘ida suv to‘planib qolgan.

Sababi

Issiq ovqatni sovitmay jihozga qo‘ydingizmi?

Yechim
  • Issiq ovqatni sovutgich yoki muzlatgich ichiga qo‘yishdan oldin uni soviting.

Sababi

Jihoz eshigini ochiq qoldirdingizmi?

Yechim
  • Garchi jihoz eshigi yopilishi bilan tez orada bu to‘planib qolgan suv yo‘qolib ketsa-da, u suvni quruq latta bilan artib tashlashingiz ham mumkin.

Sababi

Jihoz eshigini juda ko‘p ochdingizmi?

Yechim
  • Bu suv kondensati tashqaridagi harorat bilan farq sabab ham yuzaga kelishi mumkin. Namlikni quruq latta bilan artib tashlang va eshiklarni haddan tashqari ko‘p ochmang.

Sababi

Siz issiq yoki nam ovqatning og‘zini yopmay jihoz ichiga qo‘ydingizmi?

Yechim
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini qopqoqli yoki jips yopilgan idishlarda saqlang.

Muzlatgich bo‘lmasida muzlar paydo bo‘ldi.

Sababi

Eshiklar yaxshi yopilmagan bo‘lishi mumkin.

Yechim
  • Jihoz ichidagi biror oziq-ovqat mahsuloti eshik yopilishiga xalaqit qilmayotganligini tekshiring va eshiklar jips yopilganiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Issiq ovqatni sovitmay jihozga qo‘ydingizmi?

Yechim
  • Issiq ovqatni sovutgich yoki muzlatgich bo‘lmasiga qo‘yishdan oldin uni soviting.

Sababi

Muzlatgich bo‘lmasiga kiradigan havoning kirish yoki chiqish yo‘li to‘silganmi?

Yechim
  • Havoning kirish yoki chiqish joyi yopilib qolmaganiga ishonch hosil qiling, chunki jihoz ichida havo aylanishi lozim.

Sababi

Muzlatgich bo‘lmasiga haddan ziyod mahsulotlar qo‘yilganmi?

Yechim
  • Mahsulotlari orasida tegishlicha bo‘sh joy bo‘lishini ta’minlang.

Jihozning ichida yoki tashqarisida muz yo suv kondensati hosil bo‘ldi.

Sababi

Jihoz eshigini tez-tez ochib yopdingizmi yoki jihoz eshigi nobop yopilganmi?

Yechim
  • Agar tashqaridagi havo jihoz ichiga kiradigan bo‘lsa muz yo suv kondensati hosil bo‘lishi mumkin. Eshiklarni haddan tashqari ko‘p ochmang.

Sababi

Jihoz o‘rnatilgan muhitning havo namligi yuqorimi?

Yechim
  • Agar jihoz o‘rnatilgan joyda havo namligi o‘ta yuqori bo‘lsa yoki yomg‘ir sabab havo namligi yuqori bo‘lgan kun bo‘lsa, jihoz tashqi tarafida suv kondensati paydo bo‘lishi mumkin. Har qanday namlikni quruq latta bilan artib tashlang.

Jihozning yon tarafi yoki old qismi qiziganmi?

Sababi

Eshik atrofida kondensat suv hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida jihozning bu joylarida suv kondensatiga qarshi naychalar o‘rnatilgan.

Yechim
  • Suv kondensatining oldini olishga mo‘ljallangan, o‘zidan issiq ajratuvchi naychalar jihozning old eshigida va yon tomonlariga o‘rnatilgan. Asosan jihozni o‘rnatishingiz bilanoq yoki yoz paytida ushbu issiqlikni sezishingiz mumkin. Bu holat muammoni anglatmaydi va me’yoriy holat hisoblanganligi sabab, xotirjam bo‘ling.

Jihozning ichida yoki tashqarisida suv paydo bo‘ldi.

Sababi

Jihoz atrofida biror joydan suv oqyaptimi?

Yechim
  • Oshxona chanog‘i yoki boshqa joydan suv oqmayotganini tekshiring.

Sababi

Jihoz ostida suv bormi?

Yechim
  • Bu suvning erigan oziq-ovqat mahsulotidan yoki singan yo tushib ketgan idishdan oqib tushgan yoki tushmaganini tekshiring.