Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
Agar jihozning elekt qurilmalari ichiga suv kirib ketadigan bo‘lsa, elektr kabeli sanchqisini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling.
Qattiq momaqaldiroq yoki chaqmoq paytida yo uzoq muddat foydalanishi ko‘zda tutilmagan holatlarda jihozning elektr kabeli sanchqisini tarmoqdan uzib qo‘ying.
Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Agar jihozdan g‘alati ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol elektr kabeli sanchqisini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Jihozning sovuq chiqaradigan joyiga, orqa paneliga yoxud issiqlik chiquvchi panjarasiga qo‘lingizni yoki metal buyumlarni qo‘ymang.
Jihozning orqa paneliga ortiqcha kuch yoki zarba ishlatmang.
Jihoz eshigini ochish yoki yopishda atrofda yurgan bolalarga ehtiyot bo‘ling. Eshik bolaga jarohat yetkazishi yoki shikastlashi mumkin.
Bolalarning jihoz ichiga qamalib qolish xavfidan ehtiyot bo‘ling. Jihoz ichiga qamalib qolgan bola dimiqib qolishi mumkin.
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
Jihoz ichiga og‘ir yoki mo‘rt buyumlarni, ichida suyuqlik bor idishlarni, yonuvchan moddalarni, oson alangalanuvchan buyumlarni (sham, shamchiroq kabilarni) va qizdiruvchi uskunalarni (plita, isitkich kabilarni) qo‘ymang.
Jihoz ichiga hech qanday elektr uskunasi (isitkich yoki mobil telefoni kabilar) solmang.
Agar gaz (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) chiqayotgan bo‘lsa, jihozga yoki elektr kabeli sanchqisiga tegmang va darhol xonani shamollating. Bu jihoz sovutuvchi gazdan (izobutan, R600a) foydalanadi. Garchi undagi gaz miqdori juda oz bo‘lsa-da, u baribir yonuvchandir. Jihozni tashish, o‘rnatish yoki undan foydalanish paytida undan gaz chiqsa va uchqun chiqishi kuzatilsa, bu yong‘in, portlash yoki tan jarohatlariga olib kelishi mumkin.
Jihoz yaqinida tez alangalanuvchan yoki yonuvchan moddalardan (efir, benzol, spirt, boshqa kimyoviy moddalar, siqilgan suyuq gaz, yonuvchan aerozol, hasharotlarga qarshi purkaluvchi vosita, havo tozalagich, pardoz vositasi va h.k.) foydalanmang yoki ularni saqlamang.
Bu jihoz yerga ulanishdan funksional maqsadlarda foydalanadi.
Faqat ichimlik suv ta’minotiga ulang.
Suv taʼminotiga ulangan boʻlsa, faqat ichimlik suvi taʼminotiga ulang.
Faqat ichimlik suvini quying.
Muz tayyorlagich yoki dispenser suvdonidan foydalansangiz, uning faqat ichimlik suvi bilan toʻldirilishiga ishonch hosil qiling.