Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Servis markaziga qo‘ng‘iroq qilishdan avval > Wi-Fi

Wi-Fi

Uy jihozingiz va smartfoningiz Wi-Fi tarmoqqa ulanmagan.

Sababi

Siz ulanishga harakat qilayotgan Wi-Fi paroli xato.

Yechim
  • Smartfoningizga ulangan Wi-Fi tarmoqni toping va uni o‘chirib yuboring, so‘ng jihozingizni LG ThinQ ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazing.

Sababi

Smartfoningizda Mobil internet yoqilgan.

Yechim
  • Smartfoningizda Mobil internetni o‘chiring va Wi-Fi tarmoqdan foydalangan holda jihozingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.

Sababi

Simsiz tarmoq nomi (SSID) xato o‘rnatilgan.

Yechim
  • Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang)

Sababi

Router chastotasi 2,4 GGs emas.

Yechim
  • Router faqat 2,4 GGs chastotada ishlaydi. Simsiz routerni 2,4 GGs chastotaga sozlang va jihozingizni simsiz routerga ulang. Router chastotasini tekshirish uchun Internet xizmati provayderingizga yoki routeringizni ishlab chiqargan kompaniyaga murojaat qiling.

Sababi

Jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq.

Yechim
  • Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchsiz bo‘lishi va ulanish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasligi mumkin. Routeringizni jihozga yaqinroq joyga o‘rnating.