Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > DIQQAT > Tеxnik xizmat ko'rsatish

Tеxnik xizmat ko'rsatish

  • Agar jihozga texnik xizmat koʻrsatmaydigan ichki LED-chiroq o‘rnatilgan bo‘lsa, uning qopqog‘i yoki LED-chiroqning o‘zini tuzatish yoki ta’mirlash maqsadida aslo chiqarib olmang. LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling.

  • Shisha tokchalar yoki qopqoqlarni sovuqligida issiq suv bilan tozalamang. Harorat birdan o‘zgarishi tufayli ular darz ketishi mumkin.

  • Polkalarni to‘ntarilgan holda solmang. Polkalar yiqilib ketishi mumkin.

  • Agar muzlatgich bo‘lmasida muz hosil bo‘lsa, LG Electronics mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati bilan bog‘laning. Har qanday qirov yoki muz qatlamini olib tashlash uchun o‘tkir qirrali buyumlardan foydalanmang. Muzdan tushirish uchun sprey, ventilyatorli isitgichlar kabi ekektr isitish qurilmalari, soch quritgichlar, bug‘li tozalagichlar yoki boshqa issiqlik manbalaridan foydalanmang. Plastik qismlar deformatsiyalanishi mumkin.

  • Uzoq muddat elektr tarmog‘idan tok kelmay qolgan paytda, muzlatgich bo‘lmasidagi muz chelagidagi muzni olib tashlang.