Yuqoriga > ISHLATISH > Mahsulot xususiyatlari > Ichki qism

Ichki qism

*1

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

  1. Boshqaruv paneli

    Sovutkich harorati va muzlatkich haroratini o‘rnatadi.

  2. LED-chiroq*1

    Sovutgich eshigi ochilganda uning ichidagi LED-chiroqlar yonadi.

  3. Havo filtri*1

    Sovutgich bo‘lmasi ichidagi noxush hidlarni kamaytiradi.

  4. Sovutgich eshigi savatchasi

    Sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi mumkin.

  5. Eshik vertikal imposti

    Sovutkichdagi sovuq havoning chiqib ketishini to‘sib qo‘yadi.

    DIQQAT
    • Eshikning tirnalishi yoki eshik vertikal imposti markazining sinishi xavfini kamaytirish uchun sovutgich eshigi vertikal impostining doimo taxlangan bo‘lishiga ishonch hosil qiling.

  6. Sovutgich tokchasi

    Sovutilgan oziq-ovqat mahsulotlari va yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydi.

    Namligi yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni tokchaning old tomonida saqlaydi.

    Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.

  7. Taxlanuvchi polka*1

    Alohida saqlash ehtiyojlariga javob berish uchun buni sozlash mumkin.

  8. Pastki Tokcha

    1 kg dan katta bo‘lgan oziq-ovqat idishini saqlash uchun uni pastki tokchaga joylashtiring.

  9. Sovutgich tortmasi

    Mevalar va sabzavotlarni yangi holda saqlang.

  10. Muz Tayyorlagich*1

    Bu yerda muz tayyorlanadi va saqlanadi.

    Izoh
    • Modelga bog‘liq ravishda muz tayyorlagichning joyi farq qilishi mumkin.

  11. Muzlatgich eshigi savatchasi*1

    Kichik idishlardagi muzlatilgan oziq-ovqatlarni saqlaydi. Bu yerda muzqaymoq yoki uzoq vaqt saqlanadigan oziq-ovqatlarni saqlamang.

  12. Muzlatgich lotogi

    Kichkina qadoqdagi yoki tez-tez foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi. Sirpanuvchi lotoklarni olishni osonligi va foydalanishning qulayligini ta’minlaydi.

  13. Muzlatgich tortma qutisi

    Uzoqroq saqlash uchun muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari joylashtiriladi.

  14. LED-chiroq*1

    Muzlatkichning eshigini ochganingizda, sovutkichning pastki qismidagi LED chiroq yonadi.

  15. Qoʻshimcha joy

    Pishloq va kolbasa kabi kichik hajmli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi.

  16. LED-chiroq*1

    Sovutgich eshigi ochilganda uning ichidagi LED-chiroqlar yonadi.