Ekranli masofadan boshqarish pultidan foydalanish
TV ekranida namoyish qilingan Ekranli masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda TVga ulangan tashqi qurilmalarni boshqarishingiz mumkin.
  1. Magic masofadan boshqarish pultidagi Screen remote tugmasini bosing.
  2. Magic masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda TV ekranida namoyish qilingan Ekranli masofadan boshqarish pultidagi o'zingiz xohlagan tugmani tanlang.

Screen remote

  1. TVga ulangan tashqi qurilmalar uchun Universal pultni o‘rnatish-ni sozlang.
    Qurilmani tanlaganingizda Ekranli masofadan boshqarish pulti qurilma uchun masofadan boshqarish pultiga aylanadi.
    Batafsil ma'lumotlar olish uchun Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da TVdan foydalanish ma'lumotiUniversal boshqaruv pulti-ni ko'ring.
  2. Tanlangan qurilmaga mos bo'lgan tugmalar paydo bo'ladi.
  3. Capture TV
    Siz TV ekranini suratga olishingiz mumkin. [Bu xususiyat faqat ayrim modellardagina mavjud.]
    Suratga olingan ekran tasvirlarini Fotosurat va video ilovasida ko'rishingiz/o'chirishingiz mumkin.
  4. Ko'proq masofadan boshqarish tugmalarini ko'rish.
  5. Qurilma ulagichi ilovasini ishga tushiring.
Bu xususiyatdan faqat Magic masofadan boshqarish pulti bilangina foydalanish mumkin.
Agar TV Magic masofadan boshqarish pultiga ega bo'lmasa, uni alohida xarid qilishingiz mumkin.
Mintaqa va ulangan qurilma turiga bog'liq ravishda Ekranli masofadan boshqarish pultida namoyish qilinuvchi tugmalarning turlari farq qiladi.
Model va mamlakatga bog'liq ravishda opsiyalar farq qiladi.