TVning ichki dinamiklari orqali audio o'ynatish


OvozOvoz chiqishiTV ichki karnayi Audio TVning ichki dinamiklari orqali o'ynatiladi.
Bu xususiyat faqat ichki qurilgan TV dinamiklarga ega modellar uchun mavjud.
Raqamli optik port yoki HDMI (ARC) portiga ulangan tashqi audio qurilmasi orqali audio o'ynatish


OvozOvoz chiqishiAudio chiqish (Optik/HDMI ARC) TV audio raqamli optik port yoki HDMI (ARC) portiga ulangan tashqi audio qurilmasi orqali o'ynatiladi. Audioni HDMI (ARC) orqali o'ynatish uchun SIMPLINK-ni yoqing.
Agar SIMPLINK yoqilgan holda O‘ch-ni tanlasangiz, uzluksiz audio chiqishini kafolatlash uchun audio chiqish parametri standart qiymatiga qayta tiklanadi.
Raqamli tovush chiqishi parametrlarini sozlash


OvozOvoz chiqishiAudio chiqish (Optik/HDMI ARC)Raqamli ovoz chiqarish Siz Raqamli ovoz chiqarish parametrlarini sozlashingiz mumkin.
Bu parametrlardan faqat tashqi audio qurilmasi (raqamli optik yoki HDMI ARC)/TVning ichki dinamiklari + tashqi audio qurilmasi (raqamli optik) tanlangandagina foydalanish mumkin.
| Ovoz chiqishi | Raqamli ovoz chiqarish | |
| Avtomatik | MPEG | PCM |
| Dolby Digital | Dolby Digital | |
| Dolby Digital Plus | Dolby Digital | |
| HE-AAC | Dolby Digital | |
| DTS | DTS / PCM | |
| DTS Express | PCM | |
| DTS-HD MA | PCM / DTS | |
| PCM | Barchasi | PCM |
LG Ovoz sinxronlanishi (Optik)-ni qo'llab-quvvatlovchi audio qurilmasini ulash va undan foydalanish


OvozOvoz chiqishiLG Ovoz sinxronlanishi (Optik)TV tovushidan boyroq sifat va ko'proq darajada qulaylik bilan zavqlanish uchun LG Ovoz sinxronlanishi (Optik)-ni qo'llab-quvvatlovchi audio qurilmani optik raqamli audio chiqish portiga ulashingiz mumkin.
Faqat optik raqamli portiga ega bo'lgan modellar uchungina mavjud.
Ulangan qurilmaning ovoz balandligini sozlash uchun TVning masofadan boshqarish pultidan foydalanishingiz mumkin.
Audio qurilmani simsiz ulash va undan foydalanish


OvozOvoz chiqishiLG Ovoz sinxronlanishi / BluetoothTV tovushidan boyroq sifat va ko'proq darajada qulaylik bilan zavqlanish uchun Bluetooth audio qurilmasini yoki Bluetooth garniturasini simsiz ulashingiz mumkin.
Agar yaqinda ovoz paneli qo'llab-quvvatlaydigan qurilmani ulagan bo'lsangiz, LG Sound Sync xususiyati o'sha qurilmaga avtomatik ravishda ulanishga harakat qiladi.
Ba'zi bir qurilmalarda bu xususiyat TV yonganda so'nggi ulangan qurilmaga avtomatik ravishda ulanishga harakat qiladi.
Qurilmada LG TV rejimi yoki LG Sound Sync rejimidan foydalangan holda LG Sound Sync-ni qo'llab-quvvatlaydigan LG audio qurilmasini ulashni tavsiya qilamiz.
Bu optsiya faqat ma'lum modellar uchun mavjud.
Ulardan istalganini ulash uchun ulangan qurilmalar yoki ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarni ko'rgani Qurilma tanlash-ni bosing.
Ulangan qurilmaning ovoz balandligini sozlash uchun TVning masofadan boshqarish pultidan foydalanishingiz mumkin.
Agar qurilmani ulab bo'lmasa, ulanishi kerak bo'lgan qurilma quvvatini va audio qurilmaning to'g'ri ishlayotganligini tekshiring.
Bluetooth qurilmasining turiga bog'liq ravishda qurilma to'g'ri ulanmasligi yoki sinxronlashmagan video va audio kabi noodatiy holatlar yuz berishi mumkin.
Quyidagi holatlarda tovush tutilib qolishi yoki tovush sifati pasayishi mumkin:
- Bluetooth qurilmasi TVdan juda uzoq joylashgan bo'lsa;
- Bluetooth qurilmasi bilan TV orasida to'siqlar mavjud bo'lsa; yoki
- mikroto'lqinli pech yoki simsiz LAN kabi radio qurilmasi bilan birga foydalanilsa.
Audio chiqish (Line Out) / Simli quloqliklar-dan foydalanish


OvozOvoz chiqishiAudio chiqish (Line Out) / Simli quloqliklar Ulangan qurilmaga ko'ra audio chiqishini optimallashtirish uchun Simli quloqliklar yoki Audio chiqish (Line Out)ni tanlang.
Ayrim modellar faqat Simli quloqliklar funktsiyasidagina qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Agar siz simli quloqlikni TV yoqilgan holda ulasangiz, u simli quloqlikni avtomatik ravishda aniqlaydi va ovozni ularga yo'naltiradi.
Bu funksiya faqat ba'zi bir modellarda yoki ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.
TV ichki dinamiklari va tashqi audio qurilmasi orqali audioni bir vaqtda o'ynatish
Audioni bir nechta qurilmalarda bir vaqtda o'ynatish mumkin.
Bu xususiyat faqat ichki qurilgan TV dinamiklarga ega modellar uchun mavjud.
Ichki TV karnayi + Simli quloqliklar-dan foydalanish


OvozOvoz chiqishiIchki TV karnayi + Simli quloqliklar Audio TV ichki dinamiklari va Simli quloqliklar orqali bir vaqtda o'ynatiladi.
Agar siz simli quloqlikni TV yoqilgan holda ulasangiz, u simli quloqlikni avtomatik ravishda aniqlaydi va ovozni ularga yo'naltiradi.
Bu funksiya faqat ba'zi bir modellarda yoki ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.
TV ichki karnayi + Audio chiqish (Optik)-dan foydalanish


OvozOvoz chiqishiTV ichki karnayi + Audio chiqish (Optik) Audio TVning ichki qurilgan dinamiklari va raqamli optik audio chiqishi portiga ulangan audio qurilmasi orqali bir vaqtda o'ynatiladi.
TV Karnay paneli orqali ovozni o'ynatish


OvozOvoz chiqishiTV Karnay paneli TV ovoz panelidan foydalangan holda ovozni o'ynatishingiz mumkin.
Bu xususiyat faqat TV ovoz panelini (sound bar) qo'llab-quvvatlaydigan modellar uchun mavjud.
TV Karnayi paneli + Simli quloqliklar orqali ovozni o'ynatish


OvozOvoz chiqishiTV Karnayi paneli + Simli quloqliklar Ovozni bir vaqtning o'zida TV ovoz paneli va Simli quloqliklar orqali o'ynatishingiz mumkin.
Bu xususiyat faqat TV ovoz panelini (sound bar) qo'llab-quvvatlaydigan modellar uchun mavjud.