LG WebOS TV-ning Uy xususiyatidan foydalanish
Masofadan boshqarish pultidagi Home tugmasini bosish orqali Bosh ekranni ochishingiz mumkin.
Tez-tez foydalaniladigan ilovalarni bitta ekranga birlashtirishingiz va istalgan vaqtda ulardan istalganidan foydalanishingiz mumkin.

HOME Display

  1. Music player: Musiqa tinglash vaqtida TVning boshqa xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
    Bu optsiya faqat ma'lum modellar uchun mavjud.
  2. : Boshqa kirishga o'tishingiz yoki o'z parametrlaringizni o'zgartirishingiz mumkin.
  3. All settings: TV parametrlarini osongina o'zgartirishingiz mumkin.
    Kengaytirilgan o'rnatish uchun All settings tugmasini tanlang.
  4. Bugungi ob-havo ma'lumotlari va rejani ko'rishingiz mumkin.
    Rejalarni ko'rish uchun avvaldan rejalarni o'rnatishingiz kerak.
    Batafsil ma'lumotlar olish uchun Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da Parametrlarni ko'rishUmumiyTaymerlar-ni ko'ring.
  5. Undan osongina va tez foydalanish uchun o'zingiz xohlagan tarkibni qo'shing.
    (Bu xususiyat ayrim mamlakatlarda qo'llab-quvvatlanmaydi. Bu xususiyatni tanlaganingizda siz LG Tarkiblar do'koniga yo'naltirilasiz.)
  6. O'zingiz xohlagan kanallarni qo'shish orqali kanal ma'lumotlarini tekshirishingiz va o'zingiz xohlagan kanalni osongina va tez tomosha qilishingiz mumkin.
  7. Bu yaqinda foydalanilgan ilovalar ro'yxati. Yaqinda foydalanilgan ilovalar ro'yxatiga kirish uchun bu elementni tanlang va keyin Wheel (OK) tugmasini bosib turing. Ro'yxatda o'zingiz yaqinda foydalangan barcha ilovalarni ko'rishingiz mumkin.
  8. Siz TVda o'rnatilgan barcha ilovalarni ishlatishingiz, ko'chirishingiz yoki o'chirishingiz mumkin.
Oxirgi ro'yxatdan foydalanish
Yaqinda foydalanilgan ilovalar ro'yxatiga kirish uchun masofadan boshqarish pultidagi Home tugmasini bosib turing yoki Bosh ekranda yaqinda foydalanilgan elementni bosib turing.
O'zingiz yaqinda foydalangan barcha ilovalarni ishga tushirishingiz yoki ulardan chiqishingiz mumkin.

Recent list

  1. Ilovadan chiqing.
Ilovalarni boshqarish
TVda o'rnatilgan barcha ilovalar ro'yxatini ko'rishingiz, ularning joylarini o'zgartirishingiz yoki ularni o'chirishingiz mumkin.

All apps

  1. O'zingiz tahrirlamoqchi bo'lgan ilovani tanlang va masofadan boshqarish pultidagi Wheel (OK) tugmasini bosib turing.
    Bu ilovani tahrirlash rejimini faollashtiradi.
  2. Ilovani o'zingiz xohlagan joyga ko'chirish uchun o'sha joyga o'ting va Wheel (OK) tugmasini bosing.
    Ilovani o'chirish uchun ilova tepasidagi Close ikonkasini tanlang.
    Tahrirlash rejimidan chiqishdan avval o'zingiz xohlagancha sondagi ilovalarni ko'chirishingiz va o'chirishingiz mumkin.
    Siz yana masofadan boshqarish pultidagi Left / Right tugmalari bilan ham ilovalarni ko'chirishingiz mumkin.
  3. Tahrirlashni yakunlaganingizda ilovani tahrirlash rejimidan chiqish uchun BAJARILDI-ni cherting.
Ayrim ilovalarni tahrirlab bo'lmaydi.
Joriy funktsiyani to'xtatish
  1. Masofadan boshqarish pultidagi HOME tugmasini bosing.
  2. Yopish tasvirini aks ettirish uchun Masofadan boshqarish pulti yordamida yuqorida chap burchakdagi ilova nomini tanlang.
  3. Foydalanilayotgan funktsiyadan chiqish uchun ilova nomi yonida namoyish qilingan Yopish ikonkasini tanlang.

Close app