Universal masofadan boshqarish pultini o’rnatish
Magic pulti bilan televizion pristavka, Blu-ray pleyeri, uy kinoteatri tizimi kabilarni boshqarish mumkin.
- O’rnatmoqchi bo’lgan qurilmangizni televizorga ulanganligini tekshiring.
-
Masofadan boshqarish pultidagi
tugmasini bosing va yuqori o’ng tomondagi
tugmasini tanlang.
(Masofadan boshqarish pultidagi
tugmasini bosing.)
- Barcha kiritishlarni tanlang va Kiritishlarga o’ting.
- Kiritishlar-da, ulangan qurilmaning kiritish rejimini tanlang.
- Agar Universal pultni o‘rnatish-ni bossangiz, Universal masofadan boshqarish pultini o’rnatishingiz mumkin. O’rnatishni yakunlash uchun ekrandagi ko’rsatmalarga amal qiling.
Agar siz Universal masofadan boshqarish pulti parametrlarini o’zgartirmoqchi yoki bekor qilmoqchi bo’lsangiz,
Barcha kiritishlar-ga o’ting va Universal pultni tahrirlash-ni tanlang.
Barcha kiritishlar-ga o’ting va Universal pultni tahrirlash-ni tanlang.
Shuningdek, siz Universal boshqaruvni
QURILMA ULAGICHI-da o’rnatishingiz mumkin.
QURILMA ULAGICHI-da o’rnatishingiz mumkin.
Bu xususiyatdan faqat Magic masofadan boshqarish pulti bilangina foydalanish mumkin.
Agar ta’minlanmagan bo’lsa, Magic masofadan boshqarish pultini alohida xarid qilishingiz mumkin.
Bu xususiyat faqat ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
Parametrlarni o’zgartirish paytida o’zgartiriladigan qurilma yoqilganligini tekshiring.
Siz har bir tur bo’yicha bitta qurilmani o’rnatishingiz mumkin.
Agar Universal boshqarish vositasini o’rnatishdan oldin tarmoqqa ulansangiz, ishlab chiqaruvchilar ro’yxati uchun so’nggi yangilanishlar mavjud bo’ladi.
Ba’zi bir tugmalar tashqi qurilmaning modeliga ko’ra ishlamasligi mumkin.
Uzluksiz ishlashi uchun qurilmani televizorga yaqinroq joylashtiring.
Agar qurilmaning oldida birorta to’siq mavjud bo’lsa, u signalni to’g’ri qabul qila olmasligi mumkin.
Agar qurilma tortmada joylashgan bo’lsa, tortmani oching.