TV funksiyalarini nutq orqali ishlatish
Nutq tanish funksiyasi orqali tezda va qulay ravishda televizorning turli funksiyalariga kirish mumkin.
-
Pultda
tugmasini bosib turib, ochilishi kerak bo’lgan funksiyani yoki qidirilishi kerak bo’lgan so’zni ayting.
-
Nutqdan so’ng
tugmasini qo’yib yuborsangiz, tegishli funksiya ishga tushadi.
Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
Bu funksiyadan tegishlicha foydalanish uchun Ovozni tanish tili va Menyu tili bitta tilga sozlangan bo’lishi kerak.
Qidiruv natijasi aniq bo’lishi uchun Joylashuv tilga mos kelishi kerak.
Joylashuv va til sozlamalari har xil bo’lsa, ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin.
Ovozni tanib olish tilini
Umumiy Til (Language) Ovozni tanish tili-da o’zgartirishingiz mumkin.
Umumiy Til (Language) Ovozni tanish tili-da o’zgartirishingiz mumkin.
Mamlakatga qarab xizmat tafsilotlari farq qilishi mumkin.
Yodingizda bo’lsin, AI Xizmati LGE yoki uning uchinchi tomon ta’monitochilari tomonidan o’zgartirilishi, olib tashlanishi yoki to’xtatilishi mumkin.
Ovozli buyruq bilan ishlatish mumkin bo’lgan funksiyalarga misol ko’rish uchun pultdagi
tugmasini bosing.
tugmasini bosing.
Mavjud xususiyatlar
TV funksiyalaridan foydalanish
- TV tomosha qilish
- TVni o’chir / Ovozni ko’tarish/pasaytirish / Bitta kanal yuqoriga/pastga / 20-kanal (kanal raqami) / OOO (kanal nomi) kanali / 'OOO(dastur nomi)'ni ijro ettir / 'OOO(dastur nomi)' boshlanish vaqtini ko'rsat / 'OOO(dastur nomi)'ni yozib ol / Live Playbackni yoqish
- Kiritishlarni o’zgartir
- Menga kiritishlar ro’yxati ko’rsat / HDMI 1 / O’yin konsoliga o’tish / TV pristavkasiga o’tish
- Sozlamalarni o’zgartir
- Ekranni yorqinlashtir/qoraytir / Ekranni yanada jonli qil / Kinoteatr rasm rejimi (rasm rejimi parametri) / 16:9 Nisbat (nisbat parametri) / Standart ovoz rejimi (ovoz rejimi parametri) / O’yin rejimiga o’zgartir / Bluetooth qurilmasini ula / HDMI ARC rejimiga o’zgartir (Ovoz chiqish parametri) / 30 daqiqadan so’ng TVni o’chir / Video tavsifni yoqish / Audio yo‘riqnomani yoqish / Yopilgan sarlavhani yoqish
- Funksiyalar/ilovaga o’t
- Uy / Oxirgilar / TEZKOR KIRISH / Sozlamalar / Rasm sozlamalari / Ovoz sozlamalari / Kanal sozlamalari / Tarmoq sozlamalari
TVdan qidirish
- TV dasturlari va VOD’ni qidirish
- 'OOO(dastur nomi)'ni qidir / 'OOO(nom)' bilan boshlanadigan TV dasturlarini qidir / Menga filmlarni ko’rsat / Menga soat 19:00da boshlanadigan TV dasturlarini ko’rsat / Menga ko’rish uchun biror narsa tavsiya qil
- Kinoteatr haqida ko’proq ma’lumot qidir
- Menga 'OOO(dastur nomi)' saundtreklarini top / 'OOO(film nomi)' rejissori kim? / Menga 'OOO(dastur nomi)'dan parcha ko'rsat
- Kontemtimni qidir
- Menga fotosuratlarimni ko’rsat / Musiqamni qo’yib ber / 'OOO(dastur nomi)' yozuvini ijro ettir
- Boshqa ma’lumotlarni qidir
- OOO(ism) kim? / Bugun havo qanday bo’ladi? / 'OOO(mintaqa nomi)'da soat necha?
- Foydalanuvchi qo’llanmasidan qidir
- Foydalanuvchi qo'llanmasidan 'OOO(funksiya nomi)'ni top
Ovozni tanib olish uchun ehtiyot choralari
Ovozni tanib olish Magic masofadan boshqarish pultini talab qiladi, bu ma’lum modellar tomonidan qo’llab-quvvatlanmasligi mumkin.
Ovozni tanib olish xususiyatlaridan foydalanish uchun tarmoq, kanallar, mintaqa kabilarni o’rnatishingiz kerak. Aks holda ayrim xususiyatlardan foydalana olmaysiz.
Tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, kanal nomlaridan foydalanib, ayrim kanalni almashtirish funksiyasidan foydalana olmasligingiz mumkin.
Agar tarmoq ulanishiga ega bo’lsangiz, ovozni tanib olishdan foydalanish uchun shartlarni qabul qilishingiz kerak.
TVga ovozni tanish funksiyasi yordamida ulangan TV pristavkasini boshqarish uchun
QURILMA ULAGICHI ga o‘ting va Universal boshqaruvni o‘rnating.
QURILMA ULAGICHI ga o‘ting va Universal boshqaruvni o‘rnating.
Ovozli tavsifdan keyin Magic masofadan boshqarish pultini TV pristavkasiga qaratib turish tavsiya etiladi.
Ovozni tanib olish aniqligi foydalanuvchining xususiyatlari (ovoz balandligi, talaffuz, urg’u va gapirish tezligi) va muhitga (shovqin va TV ovoz balandligi) bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
Ovozingizni aniq tanib olinishiga erishish uchun so’zlarni sekin va aniq darajada mos ovoz balandligida Magic masofadan boshqarish pulti mikrofonidan taxminan 10 sm masofada aytishingiz kerak.
Agar ovozingiz to’g’ri tanib olinmagan bo’lsa, ovozni tanib olish ko’zlanganidan boshqacha bajarilishi mumkin.