Yozib olish funktsiyalaridan foydalanish
LG webOS TV yozib olish xususiyatidan foydalangan holda televizion dastur yoki radio kanalni yozib olishingiz mumkin.
Darhol yozib olishdan foydalanish
-
USB HDD yoki USB fleshkani USB portiga ulang.
USB HDD-ga yozib olish tavsiya qilinadi. - Jonli eshittirishni tomosha qilish paytida tugmasini bosing.
-
Ekranning chap burchagidagi
tugmasini bosing.
-
Agar yozib olishni to’xtatmoqchi bo’lsangiz,
tugmasini bosing.
Yozib olishning diqqat talab qiladigan holatlari
Yozib olish jarayoni borayotganda yozib olish to’g’risidagi ma’lumotlarni namoyish qilish uchun tugmasini bosing.
Mamlakatingizga bog’liq ravishda tugmasining harakati farq qilishi mumkin.
Mamlakatingizga bog’liq ravishda tugmasining harakati farq qilishi mumkin.
Yozib olish davomiyligini yozib olish boshlanishidan avval o’rnatish mumkin.
Agar bir nechta USB saqlash qurilmalari ulangan bo’lsa, so’nggi saqlangan saqlash qurilmasi avtomatik ravishda tanlanadi.
USB qattiq diski bo’limining mavjud sig’imi kamida 1 GB bo’lishi kerak.
USB fleshkada kamida 4 GB hajmli qism bo’lishi kerak.
Yozish vaqti USB xotira qurilmasining hajmiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
USB fleshka yozuv uchun birinchi marta ishlatilganda, TV ishlashi tekshiriladi. Siz faqat test tugagandan so’ng yozishingiz mumkin.
Tarkibni himoya qilish texnologiyasidan foydalanilganligi sababli yozib olingan videoni ShKomplar yoki boshqa TV modellarida o’ynatib bo’lmaydi. Shuningdek, TVning videosignal zanjiri almashtirilgan bo’lsa, videoni o’ynatib bo’lmaydi.
Yozib olish vaqtida USB kabelini sug’urib olmang.
Agar yozish vaqtida televizorni majburlab o’chirsangiz, yozib olingan tarkib saqlanmasligi mumkin. Televizorni o’chirishdan avval yozishni to’xtatib, dastur yozilganligini tekshirish, ayni muddao bo’lar edi.
Agar USB saqlash qurilmasi nosoz bo’lsa, yozib olish to’liq amalga oshmasligi mumkin.
USB xabi yoki uzaytirma kabeldan foydalanganda USB qurilmasi yoki funktsiyasi to’g’ri ishlamasligi mumkin.
Saqlash qurilmasi yozib olishdan boshqa maqsadda ishlatilishi mumkin, shu sababli qurilmadagi joy yetmagani tufayli yozib olish to’xtashi mumkin.
Yozib olish uchun yetarli joyi bor saqlash qurilmasini ishlatish tavsiya etiladi.
Yozib olish paytida boshqa kanallarni tomosha qilishingiz yoki boshqa funktsiyalardan foydalanishingiz mumkin.
Ammo kodlangan kanallarni yozib olish vaqtida siz faqatgina o’zingiz yozib olayotgan kanal va bepul kanallardan foydalanishingiz mumkin.
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
- Yozib olish paytida kanal rejimlarini o’zgartira olmaysiz.
-
Bitta sun’iy yo’ldosh signaliga ulanganda
:
Bir kanalni boshqa rejimda tomosha qilayotganingizda boshqa kanalni yozib olishni boshlasangiz, o’sha yozib olinayotgan kanalga o’tasiz. -
Ikkita sun’iy yo’ldosh signaliga ulanganda
:
Hatto bir kanalni boshqa rejimda tomosha qilayotganingizda boshqa kanalni yozib olishni boshlasangiz ham, yozib olinayotgan kanalga o’tmaysiz.
Modelga bog’liq ravishda sozlanadigan elementlar farq qiladi.
Yozib olish jarayoni borayotgan vaqtda ayrim funktsiyalardan foydalanib bo’lmasligi mumkin.
Analogli yozuvlar faqat ba’zi modellarda mavjud.
Matn kiritish orqali yozishda COMPONENT IN va HDMI INga ulangan kanallardagi dasturlar yozib olinmaydi.
(COMPONENT IN porti faqatgina ayrim modellardagina mavjud.)
(COMPONENT IN porti faqatgina ayrim modellardagina mavjud.)
USB qurilma bilan yozilganda Bluetooth va USB port yaxshi ishlamasligi mumkin.
Uzunligi 10 soniyadan kamroq bo’lgan yozuvlar saqlanmaydi.
Bitta diskda 600 tagacha tarkibni saqlashingiz mumkin.