Yuqoriga > ISHLATISH > Pishirish rejimi > Ko'pchitish rejimi

Ko'pchitish rejimi

Bu xususiyat yogurt tayyorlashga imkon beradi.

  • Eshikni oching va TO'XTATISH / TOZALASH tugmasini bosing.

  • KO’PCHITISH tugmasini displeyda 1 paydo bo'lgunicha bosib turing.

  • Eshikni yoping va BOSHLASH / KIRITISH tugmasini bosing.

    • 5h00 dispeyda paydo bo'ladi.

Izoh
  • Faqat pasterizatsiyalangan sut va tabiiy oddiy yogurtdan foydalaning.

  • Quyidagi turdagi sut va yogurtdan foydalanmang:

    • 2%, 1% yoki yog'siz sut, yuqori kaltsiyli sut, soya suti, qolgan sut, muddati o'tgan sut.

    • Qolgan yogurt, muddati o'tgan yogurt.

  • Yogurtni tayyorlashdan oldin barcha idishlarni issiq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang va quriting.

  • Yogurt tayyorlash vaqtida yogurtni silkitmang yoki aralashtirmang, chunki bu yogurtning mustahkamligiga ta'sir qiladi.

  • Agar ingrediyentlar miqdori tavsiya etilganidan ko'p bo'lsa, ko'pchitish vaqtini oshiring.

Ko'pchitish menyusi

Kerakli kod va vazn limitini o'rnatish uchun quyiga qarang.

1 Yogurt (0,6 kg)
  • Dastlabki harorat: Iliq

  • Idish: Mikroto'lqinli pechda foydalanish mumkin bo'lgan idish

  • Ingrediyentlar

    • 500 ml, Pasterizatsiyalangan toza sut

    • 100 g, Tabiiy oddiy yogurt

  • Sutni 1:30 - 2:30 atrofida yuqori mikroto'lqin quvvatida 40 - 50 °C haroratgacha qizdiring.

  • Yogurt qo'shing va aralashtiring.

  • Plastik o'ram bilan yoping va pishiring.

  • Turish vaqti: muzlatgichda 5 soat.

  • Pishirgandan so'ng, ta'mga qarab murabbo, shakar yoki mevalarni aralashtiring.