Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Ushbu qurilma yerqa ulangan bo'lishi kerak. Elektr tarmog'idagi simlar quyidagi kodlarga muvofiq ranglanadi:
KO'K: Neytral
JIGARRANG: Jonli
YASHIL va SARIQ: Yer
Ushbu jihozning elektr ta'minotidagi simlarning ranglari vilkangizdagi terminallarni aniqlovchi rangli belgilarga mos kelmasligi mumkinligi sababli, quyidagi amallarni bajaring:
KO‘K rangga bo'yalgan sim N harfi bilan belgilangan yoki QORA rangga bo'yalgan terminalga ulangan bo'lishi kerak.
JIGARRANG rangga bo'yalgan sim L harfi bilan belgilangan yoki QIZIL rangga bo'yalgan terminalga ulangan bo'lishi kerak.
YASHIL va SARIQ yoki YASHIL rangga bo'yalgan sim G harfi bilan belgilangan yoki yer belgisi bo'lgan terminalga ulangan bo'lishi kerak.
Yer belgisi |
Bun jizoz ishlashi maqsadlari uchun yerga ulanish bilan jihozlangan.
Elektr ta'minot kabeli shikastlangan hollarda yetishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki boshqa malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak. Noto'g'ri foydalanish elektr toki tufayli jiddiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Jihoz shnurli uzaytirma to'plamidan yoki ko'chma elektr rozetka qurilmasidan elektr toki bilan ta'minlanadi, elektr ko'chma rozetkadagi shnurli uzaytirma to'plami namlik sachramaydigan yoki kirmaydigan tarzda joylashtirilishi kerak.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa, shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.