Ish vaqtida qo‘lqop kiyib oling.
Tozalash yoki xizmat ko‘rsatishdan avval ventilyatorni rozetkadan ajrating va parragi to‘xtashini kuting.
Havo filtrini chiqarib olishda ichki blokning metall qismlariga tegmang. Bunday qilish jarohatalanishga olib kelishi mumkin.
Havo filtrini bukmang, chunki u sinib qolishi mumkin.
Chang va boshqa moddalarning mahsulotga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun havo filtrini to‘g‘ri o‘rnating.
Dastlarni bosing va old panjarani a oching.
Strelkalar dastalarda belgilangan.
Havo filtridagi qisqichlarni b bosing va uni pastga torting.
Uni chiqarib olish uchun havo filtrini oldinga torting.
Havo filtrini changyutgich bilan tozalang yoki uni iliq suv va yumshoq yuvish vositasi bilan yuving.
Filtrni soyada quriting.
Havo filtrini kiriting.
Old panjarani yoping va dastlarni bosish orqali uni mahkamlang.