Taqsimlangan dastlabki suv va muz tarkibida suv ta’minot liniyasidan yoki suv bakidan kelgan zarrachalar yoki hid mavjud bo‘lishi mumkin.
Agar rangsizlangan muz hosil qilinsa, manbasini aniqlash uchun suv baki va suv ta’minotini tekshiring. Agar muammoni bartaraf qilib bo‘lmasa, LG Electronics mijozlarga ma’lumotlar berish markaziga murojaat qiling. Muammo bartaraf qilinmagunicha muz yoki suvdan foydalanmang.
Avtomatik muz tayyorlagichga qo‘lingiz yoki asboblar bilan tegmang.
Avtomatik muz tayyorlagich qopqog‘ini chiqarib olmang.
Ta’tilga chiqqaningizda yoki uzoq muddat elektr tarmog‘idan tok kelmay qolgan paytda, muzlatkich bo‘lmasidagi muz chelagidagi muzni olib tashlang.
Odatda, jihoz o‘rnatilgandan so‘ng, taxminan 48 soat o‘tganidan keyin muz tayyorlagich muz ishlab chiqaradi.
Muz chelagi muzga to‘lganida muz hosil qilish to‘xtatiladi.
Muz chelagiga muz tushganida tovush chiqishi oddiy hol hisoblanadi.
Agar muz kubchalari muz chelagida uzoq vaqt saqlansa, ular bir-birlariga yopishib qolishlari va ularni osongina ajratib bo‘lmaslik mumkin. Bunday hollarda muz chelagini bo‘shating va yangi muz tayyorlang.