Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > ISHLATISHDAN AVVAL BARCHA YO‘RIQLARNI O‘QIB CHIQING > OGOHLANTIRISH

OGOHLANTIRISH

  • Doimo jihozni yerga ulang.

    • Elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Nosoz yoki nominal boʻlmagan elektr zanjiri uzgichidan foydalanmang. Toʻgʻri nominal qiymatga ega uzgich va saqlagichdan foydalaning.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Multi-rozetkadan foydalanmang. Ushbu jihozni har doim maxsus zanjir va uzgich bilan ishlating.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Elektr ishlari uchun dilerga, sotuvchiga, malakali elektrchiga yoki vakolatli xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling. Mahsulotni oʻzingiz demontaj qilmang yoki taʼmirlamang.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Mahsulotni har doim sim oʻtkazish sxemasiga muvofiq yerga ulang. Yerga ulash simini gaz yoki suv quvurlariga, chaqmoq qaytargich yoki telefon simiga ulamang.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Boshqarish qutisi paneli va qopqog’ini mustahkam o’rnating.

    • Chang, suv va boshqalar tufayli yongʻin chiqishi yoki elektr toki urish xavfi mavjud.

  • To’g’ri keladigan uzgich yoki saqlagichni ishlating.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Elektr kabelini oʻzgartirmang yoki uzaytirmang. Elektr kabeli yoki shnuri tirnalgan yoki ustki qoplamasi ochilib qolgan yoki yomonlashgan boʻlsa, uni almashtirish kerak.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Konditsionerni o’rnatish, olib tashlash yoki qayta o’rnatish uchun diler yoki xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

    • Yong’in, portlash, jarohat yoki elektr toki urishi xavfi bor.

  • Mahsulotni nuqsonli oʻrnatish stendiga oʻrnatmang. Oʻrnatish joyi vaqt oʻtishi bilan yomonlashmasligiga ishonch hosil qiling.

    • Bu mahsulotning qulab tushishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Blokni hech qachon harakatlanuvchi asosga yoki u qulab tushishi mumkin boʻlgan joylarga oʻrnatmang.

    • Blokning qulab tushishi zarar yoki jarohat yetkazishi, hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkin.

  • Agar qurilmaga suv kirsa (suv toshsa yoki suvga botsa), undan foydalanishdan avval ta’mirlash uchun vakolatli xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Ishlatiladigan sovutgichni tekshirishni unutmang. Iltimos, mahsulot yorlig'ini o'qing.

    • Toʻgʻri kelmaydigan sovituvchi moddasi blokning notoʻgʻri ishlashiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Shikastlangan elektr shnuri, vilka yoki boʻshab qolgan rozetkadan foydalanmang.

    • Aks holda bu yongʻin chiqishi yoki elektr toki urishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Jihozga nam qo‘llaringiz bilan tegmang, boshqarmang yoki ta’mirlamang.

    • Aks holda, elektr toki urishi yoki yong’in kelib chiqishi mumkin.

  • Quvvat kabeli yaqiniga isitgich yoki boshqa qurilmalarni qo’ymang.

    • Mazkur talabga rioya qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

  • Suvning elektr qismlariga tushishiga yo'l qo'ymang. Jihozni suv manbalaridan uzoqda joylashtiring.

    • Yong’in, jihozda nosozlik chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

  • Mahsulot yaqinida yonuvchi gaz yoki yonuvchi moddalarni saqlamang yoki ulardan foydalanmang, hatto ularning boʻlishiga ruxsat bermang.

    • Yongʻin chiqishi xavfi mavjud.

  • Simli ulanishlar qattiq mahkamlanishi lozim va kabel shunday yoʻnalishda oʻtkazilishi kerakki, ulash terminallarida kabelni tortuvchi kuch boʻlmasligi kerak.

    • Notoʻgʻri yoki boʻsh ulanishlar issiqlik hosil boʻlishi yoki yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Qadoqlash materiallarini xavfsiz tarzda chiqitga chiqaring. O‘rnatish yoki xizmat ko‘rsatishdan so‘ng yaroqsiz burama mixlar, batareyalar, to‘g‘nag‘ichlar, singan narsalar, shuningdek, plastik o‘ram xaltalarni yirtib, so‘ng, tashlab yuboring.

    • Bolalar ular bilan oʻynashlari va bu jarohatlanishga sabab boʻlishi mumkin.

  • Quvvat moslamasining iflos, bo'shashgan yoki singan emasligini tekshiring va keyin quvvatni yoqing.

    • Kir boʻlgan, boʻshashgan yoki singan elektr qurilmalari elektr toki urishi yoki yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Blokdagi kuchaytirish kondensatori elektr qismlariga yuqori voltli elektr energiyasini etkazib beradi. Ta'mirlash ishlarini bajarishdan oldin kondansatörün to'liq zaryadsizlanganligiga ishonch hosil qiling.

    • Zaryadlangan kondensator elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.

  • Jihozni oʻrnatayotganda, mahsulot bilan taʼminlangan oʼrnatish vositasidan foydalaning.

    • Aks holda blok qulab tushishi va jiddiy jarohatlanishga sabab boʻlishi mumkin.

  • Faqatgina xizmat qismlari roʻyxatida koʻrsatilgan qismlardan foydalanganingizga ishonch hosil qiling. Uskunani hech qachon oʻzgartirishga urinmang.

    • Mos kelmaydigan fismlardan foydalanish elektr toki urishi, ortiqcha issiqlik hosil boʻlishi yoki yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Mahsulotni mahkam berkitilgan joyda uzoq vaqt davomida ishlatmang. Muntazam shamollatib turing.

    • Kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishi va buning natijasida sogʻligʻingizga zarar yetishi mumkin.

  • Ishlab turgan paytda mahsulotning old qopqogʻini yoki panjarasini ochmang. (Agar blok shunday jihozlangan boʻlsa, elektrostatik filtrga tegmang.)

    • Jismoniy jarohat, elektr toki urishi xavfi yoki jihoz buzilishi xavfi bor.

  • Konditsionerdan g’alati tovush yoki hid yoki tutun chiqsa.Zanjir uzgichni o’chiring yoki quvvat simini tarmoqdan,

    • Aks holda, elektr toki urishi yoki yong’in kelib chiqishi mumkin.

  • Mahsulot pech yoki isitish elementi va boshqalar bilan birga ishlatganda mahsulot joylashgan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing.

    • Kislorod yetishmovchiligi yuz berishi va buning natijasida salomatligingizga zarar yetishi mumkin.

  • Mahsulotni tozalash yoki taʼmirlash vaqtida asosiy elektr taʼminotini oʻchirib qoʻying.

    • Aks holda, elektr toki urishi yoki yong’in kelib chiqishi mumkin.

  • Hech kim, ayniqsa bolalar blok ustiga chiqishi yoki ustiga yiqilib tushishiga yoʻl qoʻymang.

    • Bu tan jarohati yoki konditsionerga shikast yetishiga sabab bo’lishi mumkin.

  • Ishlash vaqtida elektr kabelining tortilib qolmasligi yoki shikastlanmasligiga e’tibor bering.

    • Yong’in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.

  • Elektr qismga nam qoʻl bilan tegmang. Elektr qismiga tegishdan oldin elektrni uzib qoʻying.

    • Aks holda, elektr toki urishi yoki yong’in kelib chiqishi mumkin.

  • Qurilma ishlayotganda yoki ishdan soʻng darhol sovutgich trubkasi va suv quvuriga yoki boshqa ichki qismlarga tegmang.

    • Kuyish yoki sovuq urishi, tan jarohati yetishi xavfi mavjud.

  • Agar quvurga yoki ichki qismlarga tegmoqchi boʻlsangiz, himoya kiyimini kiyishingiz yoki normal haroratga qaytishini kutishingiz kerak.

    • Aks holda, kuyish yoki sovuq urishi, tan jarohati yetishi mumkin.

  • Oqib ketgan sovutgichga bevosita tegmang.

    • Sovuq urishi xavfi mavjud.

  • Aralashtirish klapanini (tashqi taʼminoti) oʻrnatganingizga ishonch hosil qiling. Aralashtirish klapani suv haroratini oʻrnatadi. Issiq suv haroratining maksimal qiymatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq tanlanishi kerak.

  • Mahsulot tomonidan taqdim etilgan haroratdan yuqori harorat darajasiga qizdirmang.

    • Aks holda, bu yongʻin chiqishiga yoki mahsulotga zarar yetishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Ushbu qurilma do'konlarda, engil sanoat va fermer xo'jaliklarida tajribali yoki malakali foydalanuvchilar tomonidan yoki shaxslar tomonidan tijorat maqsadida foydalanish uchun mo'ljallangan.

  • Blok ustiga oyoq bosmang yoki hech narsa qoʻymang. Blokning tushib ketishi yoki qulab tushishi natijasida jarohatlanish mumkin.

  • Sizib chiqishni tekshirish yoki havo purkab tozalashni amalga oshirayotganda, vakuum nasos yoki inert gaz (azot) dan foydalaning. Havo yoki kislorodni kompresslamang, tezda alanga oluvchi gazlardan foydalanmang. Aks holda, yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin.

    • O’lim, jarohat, yong’in yoki portlash xavfi mavjud.

  • Jihoz xona o‘lchami ishlashi uchun ko‘rsatilgan xoha sohasiga mos bo‘lgan yaxshi shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.

  • Jihoz uzluksiz ishlovchi ochiq olov (masalan, ishlayotgan gaz jihozi) va oʻt oluvchi manbalar (masalan, ishlaydigan elektr isitkich) mavjud boʻlmagan xonada saqlanishi kerak.

  • Jihoz yuzaga keluvchi mexanik shikastlanishlarning oldini olish uchun saqlab qoʻyilishi kerak (R32 uchun)

  • Sovitish moddasi konturi bilan ishlaydigan yoki uni ochadigan har qanday shaxsda vakolatli muassasa tomonidan berilgan yaroqli sertifikat bo‘lishi kerak. Bu sertifikat sovitish moddalari bilan sohada tatbiq qilingan ko‘rsatmalarga mos ravishda ishonchli ishlashiga ruxsat beradi. (R32 uchun)

  • Barcha kerakli shamollatish teshiklarini ochiq holda saqlang. (R32 uchun)

  • Ta’mirlash faqat jihoz ishlab chiqaruvchisi tavsiya qilgan tarzda bajarilishi kerak. Boshqa malakali shaxslarning yordami talab qilinuvchi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari yonuvchan sovutish vositalari bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan shaxs nazorati ostida bajarilishi kerak. (R32 uchun)

  • Jihoz xona o‘lchami ishlashi uchun ko‘rsatilgan xoha sohasiga mos bo‘lgan yaxshi shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.(R32 uchun)

  • Jihoz uzluksiz ishlovchi ochiq olov (masalan, ishlayotgan gaz jihozi) va oʻt oluvchi manbalar (masalan, ishlaydigan elektr isitkich) mavjud boʻlmagan xonada saqlanishi kerak.(R32 uchun)