Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > ISHLATISHDAN AVVAL BARCHA YO‘RIQLARNI O‘QIB CHIQING > DIQQAT

DIQQAT

  • Uskunani ko’tarish va tashish uchun ikki yoki undan ortiq odam yordamidan foydalaning.

    • Tan jarohatidan saqlaning.

  • Dengiz shamoli (tuzli shamol) bevosita ta’sir etishi mumkin bo’lgan joyga o’rnatmang.

    • Bu jihozning zanglashiga olib kelishi mumkin.

  • Jihozni o’rnatish jarayonida jihozning tekisligini ta’minlang.

    • Tebranish yoki shovqinning oldini olish uchun.

  • Qo’shnilarga tashqi blokdan chiquvchi shovqin va issiq havo noqulayliklar yaratishi mumkin bo’lgan joyga qurilmani o’rnatmang.

    • U qoʻshnilarga muammolar tugʻdirishi va oʻrtangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • O’rnatish yoki ta’mirlash ishlaridan so’ng doimo gaz (sovutuvchi agent) sizib chiqish holatlarini tekshiring.

    • Sovutish agenti miqdorining kamayib ketishi qurilmada nosozlik kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

  • Mahsulotdan boshqa maqsadlarda, masalan oziq-ovqatlar, sa’nat asarlari va boshqa narsalarni saqlash uchun foydalanmang. Qurilma faqat sun’iy iqlim hosil qilish vazifasini bajaradi, u mahsulot saqlanadigan sovutkich tizimi emas.

    • Mulkka zarar yoki mulkni yo’qotish ehtimoli bor.

  • Havo oqimi kiradigan yoki chiqarigan tirqishlarni to’sib qo’ymang

    • Bu jihozda nosozlik chiqishiga olib kelishi mumkin.

  • Tozalash uchun yumshoq matodan foydalaning.Qattiq yuvish vositalari, eritgich moddalar va boshqalardan foydalanmang.

    • Bunda yong‘in, elektr toki urishi yoki jihoz plastmassa qismlariga zarar yetish xavfi mavjud.

  • Mahsulot ustiga oyoq bosmang yoki hech narsa qoʻymang.

    • Bunda jarohat yetishi va jihoz ishdan chiqishi mumkin.

  • Konditsioner ishlayotgan vaqtda qo’lingiz yoki boshqa narsalarni havo oqimi kiradigan va chiqadigan teshiklariga tiqmang.

    • Bu qismlar o’tkir qirrali bo’lib, harakatlanuvchi qismlari tan jarohati yetkazishi mumkin.

  • Mahsulotni o’ramdan ochish va o’rnatishda ehtiyot bo’ling.

    • Oʻtkir qirralar jarohat yetkazishi mumkin.

  • Agar ta’mirlash jaroyoni sovituvchi gaz sizib chiqsa, sizib chiqayotgan gazga tegmang.

    • Sovivtuvvhi gaz sovuq urishiga (sovuq olishi) sabab boʻlishi mumkin.

  • Qurilmani olib tashlash yoki yechib olish vaqtida uni engashtirmang.

    • Ichidagi kondensatsiyalangan suv toʻkilishi mumkin.

  • Tizimda ishlatiladigan maxsus sovituvchi moddadan boshqa havo yoki gazni aralashtirmang.

    • Agar sovituvchi modda tizimiga havo kirsa, juda yuqori bosim hosil boʻlad, natijada bu uskunaga zarar yetkazishi yoki jarohatlanishga sabab boʻlishi mumkin.

  • O'rnatish paytida sovutgich gazi oqib chiqsa, darhol maydonni ventilyatsiya qiling.

    • Bundan tashqari bu salomatligingizga zarar yetkazishi mumkin.

  • Qurilmani bo’shatib olish, sovutuvchi moyga qarov va ehtiyot qismlarni almashtirish mahalliy va milliy standartlarga muvofiq tarzda bajarilishi kerak.

  • Teringizni yoki bolalar yoki oʻsimliklarni chiqayotgan salqin yoki issiq havo oqimi ta’siri ostida qoldirmang.

    • Bu sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishi mumkin.

  • Balandda joylashgan mahsulotni tozalash, xizmat koʻrsatish yoki ta’mirlash vaqtida mustahkam stol yoki narvondan foydalaning.

    • Tan jarohatidan ehtiyot bo’ling.

  • Issiq suv dezinfeksiyalash paytida yoki issiq suv miqdoriga bogʻliq ravishda darhol tayyor boʻlmasligi mumkin.

  • Polni isitish jarayonida suvning minimal/maksimal haroratini cheklash muhim hisoblanadi.

  • Agar litsenziyaga ega bo‘lgan professional shaxsdan boshqa shaxs LG Electronics havo konditsioneri mahsulotlarini o‘rnatsa, ta’mirlasa yoki o‘zgartirsa, kafolat bekor qilinadi.

    • Bunday hollarda ta’mirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar mahsulot egasi tomonidan qoplanadi.

  • Bu jihoz jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari past bo‘lgan yoki tajribasi yoxud bilimi yetarli darajada bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) tomonidan foydalanilishi uchun mo‘ljallanmagan, ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ular nazorat qilinadigan yoki ularga jihozdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan hollar bundan mustasno. Bolalarning jihoz bilan o‘ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo‘lishlari kerak.

  • 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy, hissiy va aqliy qobiliyati cheklangan yoki tajriba va bilimi yetishmaydigan kishilar nazorat ostida yoki jihozni xavfsiz ishlatishga oid ko’rsatmalar olgan bo’lsa hamda bu bulan bog’liq tahdidlarni tushunsa, ushbu jihozdan foydalanishi mumkin.

  • Jihozni portlashi mumkin boʻlgan muhitga oʻrnatmang.