3D tasvirini ko'rish
3D tasvirlash bu chap va o'ng ko'zlarining ko'rish xususiyatlarida kichik farq mavjudligidan foydalanib, haqiqiy hayotdagi 3 o'lchamli ko'rinishga o'xshash televizorda tasvir yaratish texnologiyasidir.
  1. 3D tasvir sarlavhasini o'ynating yoki 3D dasturiga aylantiring.
  2. 3D ko'zoynaklarini taqing.
  3. 3D vizualizatsiyaga o'zgartirish uchun This is the 3D button on the Magic Motion remote control. tugmasini bosing.
  4. 3D tasvirlarini ko'rishni yakunlash uchun 3D tasvirlarini ko'rish vaqtida masofadan boshqarish pultidagi This is the 3D button on the Magic Motion remote control. tugmasini bosing.
Mavjud 3D turi kirish ma'lumotlari signaliga bog'liq bo'lib farq qilishi mumkin.
3D tasvir ma'lumotlarini o'zgartirish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR 3D parametrlari
3D tasvirlashning turli xususiyatlarini sozlaydi.
3D-rejimi Mos 3D chuqurlikni ta'minlaydi.
  • 3D chuqurligi: Ob'yekt va fon o'rtasida 3D chuqurlikni to'g'rilash.
  • 3D nuqtasi nazorati: 3D tasvirini foydalanuvchiga uzoqroq/yaqinroq qilish.
3D ovoz masshtabini o'zgartirish 3D-optimallashtirilgan ovozni ta'minlaydi.
Normal tasvir ko'rinishi 2D tasvirlash qoldirilib, 3D effekti olib tashlanadi.
3D ranglarini to'g'rilash 3D tasvirlar rangini to'g'rilaydi.
  • Modelga bog'liq ravishda 3D ranglarni to'g'rilash-dan foydalanib bo'lmasligi mumkin.
3D tasvir to'g'rilanishi 3D videoning chap/o'ng tasvirlarini o'tkazadi.
3D tasvirlarni ko'rish - ogohlantirish
3D tasvirda ko'rganda, ko'rovchi ekran diagonali uzunligining kamida ikki baravar bo'lgan masofadan ko'rishi tavsiya etiladi.
3D tasvir zaryadlashni talab etuvchi zatvorli ko'zoynaklardan foydalanganda yaxshi ko'rinmasligi mumkin.
Agar bu televizor tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan kelajakdagi 3D efirga uzatish formati standartga aylansa, sizdan televizion pristavka kabi qo'shimcha qurilma talab qilinishi mumkin.
3D ko'zoynaklaridan foydalanish - ogohlantirish
O'zingizning oddiy ko'zoynaklaringiz, quyosh nurlaridan himoyalovchi ko'zoynaklar yoki himoya ko'zoynaklari o'rniga 3D ko'zoynaklaridan foydalanmang. 3D ko'zoynaklaridan noto'g'ri foydalanish ko'zlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
3D ko'zoynaklarini ekstremal sharoitda saqlamang. Me'yoridan yuqori yoki past haroratlar linzalarning deformatsiyasiga olib kelishi mumkin. Deformatsiyalangan ko'zoynaklardan foydalanmang.
3D ko'zoynaklarini bosmang yoki ularning qandaydir ta'sirlarga uchrashiga yo'l qo'ymang. 3D ko'zoynaklar bilan qo'pol muomala qilish ularni shikastlashi mumkin.
3D ko'zoynaklaridagi linzalarga (polyarizatsiyalangan tasma) tirnalishlar zarar yetkazishi mumkin. Tozalash uchun faqat yumshoq va toza lattadan foydalaning. Kir bo'lgan matodan polyarizatsiyalangan tasma tirnalishi mumkin.
3D ko'zoynaklar linzalari yuzasini o'tkir buyumlar bilan tirnamang yoki kimyoviy moddalar bilan tozalamang. Agar linza yuzasi tirnalgan bo'lsa, 3D tasvirlar to'g'ri namoyish qilinmasligi mumkin.