Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Non Plumbing*1
Suv taqsimlagich baki to‘g‘ri o‘rnatilganda Non Plumbing tasvirchasi yonasi.
Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Freezer
-23 7 va -15 7 o'rtasida kerakli haroratni tanlash uchun ushbu tugmani qayta-qayta bosing.
Muzlatgichning dastlabki harorati -18 7.
Fridge
1 7 va 7 7 o'rtasida kerakli haroratni tanlash uchun ushbu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovitkichning dastlabki harorati 3 7.
Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.
Vegetables/Fish/Meat
Bu funksiya Fresh Converter+ tortmasidagi haroratni nazorat qiladi.
Tugmani bosib, Vegetables (Iliqroq) bilan Fish/Meat (Sovuqroq) orasidan tanlang.
Ice On/Off*1
Avtomatik muz tayyorlagichni Yoqish/Oʻchirish uchun Ice On/Off tugmasini 3 soniya bosib turing.
Wi-Fi
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.
Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun bar bir bo‘lma uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Ko‘rsatilgan harorat ko‘zlangan haroratdir va u jihozning haqiqiy harorati emas. Jihozning haqiqiy harorati jihoz ichidagi oziq-oqvat mahsulotlariga bog‘liq bo‘ladi.
Jihoz ichidagi haqiqiy harorat quyidagi faktorlarga bogʻliq: oziq-ovqat miqdori, eshik qancha vaqt ochilgani, qurilma qayerda joylashgani. Ushbu omillarga qarab haroratni o‘rnating.