Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Suv bakida chiqariluvchi yoki avtomatik muz tayyorlagich tomonidan muz tayyolash uchun foydalaniluvchi suv saqlanadi.
Uni dastasidan ushlagan holda tashqariga tortish orqali suv bakini chiqarib oling.
Suv baki qopqog‘i yoki yopgichini oching. Butilkadagi filtrlangan yoki toza filtrlangan suv bilan suv bakining ichidagi ko‘rsatilgan chiziqqacha to‘ldiring. (Jami sig‘imi: 3,5 ℓ)
Suv bilan to‘ldirgandan keyin suv bakining qopqog‘i yoki yopgichini yoping. Suv bakini sovutgich tokchasiga qayta joylashtiring.
Suv bakini faqat ichimlik suvi bilan to‘ldiring.
Suv bakini qahva yoki sharbat singari suvdan boshqa ichimlik bilan to‘ldirmang.
Suv bakini har 1-2 haftada albatta tozalab turing.
Suv bakini uzoq vaqt davomida yuvmasdan qoldirmang.
Suv bakidan uni yuvmasdan turib suv bilan to‘ldirish orqali foydalanishni davom ettirmang.
Suv bakini chiqarish yoki o‘rnatish paytida ortiqcha kuch ishlatmang yoki zarba bermang. Buning natijasida jihozga shikast yetishi yoki jarohat olish mumkin.
Bolalarga suv bakiga yaqin kelishlariga ruxsat berilmasligi kerak.
Jihozni o‘rnatgandan keyin suv bakini ishlatishdan oldin yuvib tashlash lozim.
Suv baki jihozga to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshiring. Agar to‘g‘ri o‘rnatilmagan bo‘lsa, bakdan jihozga suv oqib tushishi mumkin.
Agar suv bakida yetarli miqdorda suv bo‘lmasa, bu muz kubchasining o‘lchami va sifatiga ta’sir qilishi va muz tayyorlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Suv bakida suv yo‘q bo‘lsa, dispenserning sovuq suv va muz taqsimlash funksiyasini ishlatib bo‘lmaydi. Suv dispenseri bakida suv borligini tekshiring, agar yo‘q bo‘lsa, suv quying.
Taqsimlagichdagi suv yoki muz taqsimlanib bo‘lganidan keyin suv bakini chiqarib olishdan avval kamida 15 soniya kuting.
Taqsimlagich va Avtomatik muz tayyorlagichga suv yetkazib berilayotganida suv bakidan normal tovush chiqadi. Bu nosozlikdan dalolat bermaydi.