Yuqoriga > Ishlatish > Mahsulot xususiyatlari > Ichki qismi (Ikki yulduz a)

Ichki qismi (Ikki yulduz a)

*1

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

  1. LED-chiroq

    Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED-chiroqlar yonadi.

  2. Avtomatik muz tayyorlagich*1

    Bu yerda muz avtomatik tarzda tayyorlanadi va saqlanadi.

  3. Muzlatgich polkasi*1

    Bu yerda go‘sht, baliq va muzqymoq singari muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishi mumkin.

  4. Muzlatgich tortma qutisi*1

    Bu yerda muzlatilgan oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat saqlanadi.

  5. Muzlatkich eshigi savatchasi

    Bu kichkina qadoqlardagi muzlatilgan yoki ko‘p foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan joydir.

  6. Door-in-Door (Eshikdagi eshik) bo‘lmasi*1

    Bu yerda chanqovbosti ichimliklar va gazaklar kabi tez-tez olib turiladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi.

  7. Butilkalar polkasi*1

    Bu uzun butilka yoki idishlardagi ichimliklar saqlanadigan joyidr.

    DIQQAT
    • Past bo‘yli butilkalar yoki idishlarni joylashtirmang. Bu buyumlar yiqilib tushishi va jarohatlanish yoki jihozning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

  8. Sovutkich tokchasi

    Bu sovutilgan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa narsalar saqlanadigan joydir. Tarkibida namlik ko‘proq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini polkaning old tomonida saqlang.

    Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.

    Jihozdagi tokchalar soni uning modeliga qarab o‘zgarishi mumkin.

  9. Havo filtri*1

    Bu sovutkich bo‘lmasi ichidagi noxush hidlarni kamaytiradi.

  10. Gazaklar tortma qutisi*1

    Bu muzlatilgan taomlarning kichkina qadoqlari saqlanadigan joyldir.

  11. Harorat o‘lchagich*1

    Bu o‘lchagich sovutkich bo‘lmasidagi haroratni o‘lchaydi.

    • Haroratni aniq o‘lchash uchun oziq-ovqat mahsulotini bu o‘lchagichga yaqin qo‘ymang.

  12. Suv baki*1

    Bu yerda dispenser yoki avtomatik muz tayyorlagich uchun suv saqlanadi. Uni qo‘lda to‘ldirish lozim.

  13. Yangi sabzavotlar tortma qutisi*1

    Bu yerda namlik kontrollerini rostlash orqali meva-sabzavotlar yangi holda saqlanadi.

  14. Tuxum qutisi*1

    Bu yerda tuxum saqlanadi.

    • Undan muz chelagi sifatida foydalanmang yoki uni sovutkich yoki sabzavotlar tortma qutisining ustidagi polkaga joylashtirmang.

  15. Sabzavotlar tortmasi

    Bu joyda meva sa sabzavotlar imkon qadar uzoq muddat barraligini saqlab qolishi uchun saqlanadi.

  16. Sovutkich eshigi savatchasi

    Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi mumkin.