Yuqoriga > Ishlatish > Boshqaruv paneli > Boshqaruv paneli va funksiyalar

Boshqaruv paneli va funksiyalar

*1

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

  1. Freezer

    -24 °C dan -14 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Muzlatish kamerasining dastlabki harorati -19 °C.

  2. Dispenser

    Boshqaruv panelidagi tugmalardan kerakli dispenser rejimini tanlang. Kublangan muz, suv yoki maydalangan muz chiqarish uchun dispenser pereklyuchatelini shisha yoki boshqa konteyner bilan bosing.

  3. Fridge

    1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Sovutkichning dastlabki harorati 4 °C.

    Izoh
    • Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.

  4. Express Freeze / Express Frz.

    Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki mizlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

  5. Lock

    Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.

    • Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Lock tigmasini k ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

    • Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Lock tigmasini l ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

  6. Door Alarm*1

    Bu jihoz eshigi ochilganda ishga tushuvchi ogohlantiruvchi signal tovushini o‘rnatadi.

  7. Filter*1

    Bu suv filtrini avtomatik ravishda almashtirish davrini ko‘rsatadi.

    Izoh
    • Filtrni almashtirgandan keyin filtrni qayta o‘rnatish uchun Filter tugmasini 3 soniyaga bosib turing.

  8. Non Plumbing*1

    Suv taqsimlagich baki to‘g‘ri o‘rnatilganda Non Plumbing tasvirchasi yonasi.

Izoh
  • Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.

  • Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.