Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Freezer
-23 °C dan -15 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Muzlatish kamerasining dastlabki harorati -18 °C.
Fridge
1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning dastlabki harorati 3 °C.
Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.
Wi-Fi
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.
Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun bar bir bo‘lma uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Ko‘rsatilgan harorat ko‘zlangan haroratdir va u jihozning haqiqiy harorati emas. Jihozning haqiqiy harorati jihoz ichidagi oziq-oqvat mahsulotlariga bog‘liq bo‘ladi.
Jihoz ichidagi haqiqiy harorat quyidagi faktorlarga bogʻliq: oziq-ovqat miqdori, eshik qancha vaqt ochilgani, qurilma qayerda joylashgani. Ushbu omillarga qarab haroratni o‘rnating.