Baland sirtlarni tozalayotganda jihozning tagiga tayanch qo‘ying.
Silliq pollar ustida tirnalishlarni yuzaga keltirmaslik uchun asboblar va nasadkalarning cho‘tkalari va roliklarini donlar, sum yoki abrazib buyumlardan holi tuting.
Jihozdan foydalanishdan avval chiqarish filtrini yoki kirish filtrining to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qiling.
Jihozdan foydalanishdan avval changyig‘ich qopqog‘ini to‘g‘ri yoping. Agar changyig‘ich qopqog‘i ochiq qoldirilsa, so‘rish kuchi pasayishi va bu tozalash natijasiga ta’sir qilishi mumkin.
Undan foydalanilmayotganda jihozni quvvatlash stantsiyasida saqlang yoki polga tekis holda joylashtiring. Jihozni devorga yoki stulga qiyshaytirib qo‘yish jihoz yiqilib ketgan hollarda mahsulotning zararlanishi yoki shaxslarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Harorat va namlik singari atrof-muhit sharoitlari natijasida jihoz ichida statik elektr yig‘ilishi mumkin. Agar muammo hal bo‘lmasa, LG Electronics mijozlarga ma’lumotlar berish xizmatiga murojaat qiling.
Jihozdan foydalanishdan avval paypoq yoki chulki kabi begona buyumlarni albatta olib tashlang. Kirish porti yoki uzaytirish trubasiga yot jism tushib qolsa, jihozning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit beradi.
Mahsulotdan normal xona haroratlarida foydalaning, chunki undan 5 °C dan past yoki 38 °C baland haroratlarda uzoq vaqt davomida foydalanilsa, batareyaning ishlash vaqti pasayishi mumkin.
Batareyaning ishlash vaqti yuza turi va so‘rish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.
Pollar, gilamlar va to‘shamalarni tozalaganda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga amal qiling.
Batareyaning ishlash vaqti tafsilotlarini ko‘rish uchun Texnik xususiyatlar bo‘limiga qarang.