Har safar foydalanishdan keyin changyig‘gichni bo‘shating va tozalang.
Agar changyig‘gich chang bilan butunlay to‘lgan yoki filtr tiqilib qolgan bo‘lsa, so‘rish quvvati pasayishi mumkin.
Changyig‘gichni tozalashdan avval batareyani mahsulot korpusidan chiqarib oling.
Changyig‘gich qopqog‘ini ochish uchun changyig‘ich qopqog‘ini bo‘shatish tugmasini a bosing. Silkitish orqali changyig‘gichni bo‘shating.
Ehtiyot bo‘ling, changyig‘gichni ochganingizda chang yoki yot jismlar to‘kilishi mumkin. Changyig‘gichni axlat chelagiga yoki chang va yot buyumlar osongina chiqarib olish mumkin bo‘lgan joyga bo‘shating.

Tirqishli asbobni c Siklonik to‘rli filtrga b kiriting va filtrni chiqarib olish uchun uni soat miliga teskari yo‘nalishda burang.

Siklonik to‘rli filtrni oqayotgan suvda yuving.
Hidlarning paydo bo‘lishi va dvigatel nosozligining oldini olish uchun qaytadan yig‘ishdan avval Siklonik to‘rli filtrni yaxshi shamollatiladigan joyda quyosh nurlaridan panada kamida 24 soat quriting.

Changyig‘gich ichidagi changlar yoki yot buyumlarni tozalash uchun kombinatsion asbobdan foydalaning.

Hech qachon mahsulot korpusini suv bilan yuvmang. Suv motorga yetib borishi va tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Mahsulot korpusidan moylar yoki boshqa suyuqliklar, jumladan suvni so‘rish uchun foydalanmang.
Jihozdan Siklonik to‘rli filtr o‘rnatilmagan holda foydalanmang. Bunday qilish mahsulotni zararlashi mumkin.
Mahsulotning zararlanishi, jarohatlanish yoki elektr toki urishining oldini olish uchun dvigatelga barmoqlaringiz yoki o‘tkir buyumlarni tiqmang.
Mahsulot zararlanishi, portlash yoki yong‘inning oldini olish uchun begona buyumlarning dvigatelga tegishiga yo‘l qo‘ymang.
Siklonik to‘rli filtrga kuch ishlatmang yoki hech qanday ta’sirlar ostiga qo‘ymang. Bunday qilish filtrni deformatsiyalashi, mahsulotning ishlashiga ta’sir qilishi yoki mahsulot nosozligiga olib kelishi mumkin.