Bu jihoz bilan boshqa jihozning batareyalari, adapteri va quvvatlash stantsiyalaridan foydalanmang. Faqat LG Electronics tomonidan taqdim etilgan batareya va quvvatlash stantsiyasidan foydalaning.
Bu jihoz bilan boshqa jihozlarning batareyalari, adapteri va quvvatlash stantsiyalaridan foydalanmang.
Agar jihozdan uzoq muddat foydalanilmaydigan bo‘lsa, elektr shnurini rozetkadan uzing va batareyani chiqarib oling.
Moslashtirilgan yoki shikastlangan batareyalardan foydalanmang.
Batareyani qismlarga ajratmang, chiqarib olmang yoki qisqa tutashuv hosil qilmang.
Batareya yoki jihozni chiqitga chiqarishda batareyani jihozdan chiqarib oling va uni xavfsiz tarzda chiqitga chiqaring.
Batareya boshqa zaryad ushlay olmay qolganida uni maxsus ishlab chiqilgan batareyalar paketi bilan almashtiring.
Batareyani almashtirish usulini ko‘rish uchun Batareyani zaryadlash bo‘limidagi ko‘rsatmalarga qarang.
Bu jihozni chiqitga chiqarishda zaryadlanuvchi litiy-ionli batareyalarni chiqitga chiqarish bo‘yicha qoidalarga amal qiling.
Batareya bilan ishlash yoki uni chiqitga chiqarishda barcha mahalliy qoidalar va tartiblarga amal qiling.
Kutilmagan holda ishga tushishining oldini oling. Batareya paketini ulash, jihozni ko‘tarish yoki tashishdan avval pereklyuchatelning o‘chirilgan holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.
Jihozga har qanday sozlash, aksessuarlarni almashtirish, tozalash, texnik xizmat ko‘rsatish yoki saqlash ishlarini bajarishdan avval batareyalar paketini jihozdan uzib qo‘ying.
Batareyalar paketidan foydalanilmayotganida uni qisqich, tanga, kalit, mix, burama mix yoki boshqa mayda metall buyumlar kabi bitta terminalni boshqasiga ulashi mumkin bo‘lgan metalldan yasalgan buyumlardan uzoqroq saqlang.
Noqulay sharoitlarda batareyadan suyuqlik chiqib ketishi mumkin. Agar bunday holat yuz bersa, unga tegmang. Agar tegish yuz bersa, suv bilan yuvib tashlang. Agar suyuqlik ko‘zlarga tegsa, qo‘shimcha ravishda tibbiy yordam oling.
Agar qurilma uzoq vaqt davomida foydalanilmagan holda saqlansa, batareyalarni olib qo‘yish lozim.
Batareyani chiqarib olishdan avval bu jihozni o‘chirish zarur.
Batareyani mahsulot korpusiga solishda uni tiq etgan tovush chiqargunicha to‘liq soling.