Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Servis markaziga qo‘ng‘iroq qilishdan avval > Qo‘shimcha ma’lumotlar

Qo‘shimcha ma’lumotlar

EAC – Yevrosiyo muvofiqlik belgisi

Yevrosiyo muvofiqlik belgisi (EAC) – bu mahsulot Yevrosiyo Bojxona ittifoqi tartiblarining barcha texnik reglamentlariga muvofiqligini bildiruvchi sertifikat belgisidir.

Qadoq materiallari haqida axborot

“Oziq-ovqat mahsulotlari uchun emas” belgisi Bojxona ittifoqining “Qadoq xavfsizligi haqida”gi 005/2011-sonli texnik reglamentiga muvofiq qoʻllanadi. Bu mahsulotning qadoqlash materiali takroran ishlatishga moʻljallanmagani hamda u qayta ishlanishi lozimligini anglatadi. Bu mahsulotning qadoq materiallaridan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda foydalanish taqiqlanadi.

“Myobius halqasi” belgisi qadoqni qayta ishlash mumkinligini anglatadi. Belgini qadoq materialining raqamli va/yoki harfli nomlanishi bilan toʻldirish mumkin.

Ishlab chiqarilgan sanasi haqida axborot

Yorliqda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasi batareya bo‘shlig‘ining ichida mahsulot korpusi tutqichining pastida joylashgan.

Sana formati: YYYY/OO

LG Mijozlarga yordam xizmati

Qurilmalarimizni sertifikatlash boʻyicha axborot, sertifikat raqami va amal qilish muddatiga oid maʼlumotlarni bepul chaqiruv orqali LG Mijozlarga yordam xizmatidan olishingiz mumkin.