Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > Ishlatish

Ishlatish

  • Jihozdan foydalanishdan avval barcha ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing va ushbu ko‘rsatmalarni saqlab qo‘ying.

  • Faqat ushbu qo‘llanmada bayon qilingani kabi foydalaning. Faqat ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan birikmadan foydalaning.

  • Bu jihoz faqat uy ichidagi normal sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Undan har qanday turar-joydan tashqarida, tijoriy yoki sanoat maqsadlarida foydalanilmasligi kerak.

  • Bu mahsulotdan faqat 100 - 240 V~ 50/60 Gts, 0,8 A li rozetka orqali foydalanilishi kerak. Jihoz ishlatiladigan joydagi elektr toki xarakteristikalarini albatta tekshirib ko‘ring.

  • Elektr shnuri, vilkasi yoki jihoz tugmalariga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.

  • Elektr shnuri yoki vilkadagi namlar yoki changlarni quruq latta bilan artib tashlang.

  • Agar jihoz shikastlangan, nosoz, qisman qismlarga ajratilgan yoki unda ayrim qismlar yo‘q yoki singan bo‘lsa, jumladan elektr shnuri yoki vilkasi shikastlangan bo‘lsa, bu jihozdan foydalanishga urinmang. Yordam olish uchun uni vakolatli LG Electronics servis markazi yoki dilerga olib boring.

  • Elektr shnurini bukish uchun kuch ishlatmang yoki uni og‘ir buyum ostiga qo‘ymang, u shikastlanishi mumkin.

  • Ushbu jihoz bilan ko‘p rozetkali adapterlardan foydalanmang. Sig‘imi 10 A bo‘lgan elektr rozetkasidan foydalaning.

  • Jihozni nosoz yoki bo‘shab qolgan rozetkaga ulamang.

  • Jihozdan uzoq vaqt davomida foydalanilmaydigan hollarda elektr shnurini rozetkadan albatta sug‘urib qo‘ying.

  • Elektr shnurini shikastlamang, o‘zgartirmang, ortiqcha bukmang, o‘ramang, tortimang, qismang yoki issiqlik ta’siriga qo‘ymang.

  • Jihozdan foydalanishdan avval poldagi simlar yoki iplarni olib tashlang.

  • Elektr shnurini sug‘urayotganda vilkaning tishlariga barmoqlaringiz tegmasin.

  • Elektr shnurini to‘shama yoki gilam bilan o‘ramang.

  • Elektr shnuri vilkasi bo‘shab qolmasligi uchun uni devordagi rozetkaga mahkam suqing.

  • Agar mahsulot suvga botgan bo‘lsa, undan foydalanishni qayta tiklash uchun LG Electronics servis markaziga yoki diller murojaat qiling.

  • Agar mahsulot g‘alati shovqin, hid yoki tutun chiqarsa, foydalanishni to‘xtating va LG Electronics mijozlarga ma’lumotlar berish markaziga murojaat qiling.

  • Faqat malakali texniklar yoki LG Electronics servis markazining malakali mutaxassisigina jihozni qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi mumkin.

  • Jihoz yoki quvvatlash stantsiyasidagi teshik yoki oraliqlarga to‘g‘nag‘ich, mix yoki pichoq singari o‘tkir metall buyumlarni kiritmang.

  • Bu jihoz bilan suyuqliklarni tozalamang. Jihoz yoki quvvatlash stantsiyasi ichiga hech qanday suv, ichimlik yoki yuvish vositasi kirmasligiga amin bo‘ling.

  • Jihoz bilan tig‘lar, knopkalar, opilkalar, o‘tkir buyumlar yoki issiq yoxud sovuq kullarni tozalashga ruxsat bermang.

  • Bolalarga jihozdan foydalanishga ruxsat bermang.

  • Jihozdan foydalanilayotgan, u zaryadlanayotgan yoki saqlanayotgan vaqtda bolalar yoki uy hayvonlarining unga yaqinlashishlariga ruxsat bermang.

  • Soplo yoki vositalarning og‘zingizga tiqmang.

  • Kiyimlar va sochlar, barmoqlar yoki boshqa tana qismlarining ochiq joylar va harakatlanuvchi qismlardan uzoqroq tuting.

  • Jihozdan so‘rish uchun kiritish yoki chiqarish tirqishi to‘silib qolgan holda foydalanmang.

  • Jihozdan changyig‘gich va filtrlar o‘rnatilmagan holda foydalanmang.

  • Bo‘yoq eritgich, mog‘orga qarshi moddalar, yonuvchan chang yoki boshqa portlovchan yoki zaharli materiallardan chiquvchi bug‘lar mavjud bo‘lgan yopiq sohalarda foydalanmang.

  • Jihozdagi va quvvatlash stantsiyasidagi quvvatlash terminallariga teginmang, jihoz yoki stansiyaning ichiga elektrlashgan buyumni tiqmang.

  • Undan foydalanilmayotgan vaqtda jihozni polga joylashtiriluvchi devorga o‘rnatiluvchi quvvatlash stantsiyasi ustida saqlang.

  • Devor, stul yoki stol ustidagi jihozni qiyshaytirmang.

  • Agar yerga ulangan zanjir uzgich mahsulot quvvatlash stantsiyasiga qo‘yilgan holda ishlab ketsa, jihozni darhol quvvatlash stantsiyasidan oling. LG Electronics mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

  • Zinapoyalarni tozalaganda juda ehtiyot bo‘ling.

  • Jihoz yaqinida hech qanday isitish qurilmasi yoki yonuvchan moddani (efir, benzol, spirt, kimyoviy moddalar, yonuvchan sepkich modda, insektitsid, xushbo‘ylatgich yoki kosmetika) ishlatmang yoki saqlamang.

  • Bu jihoz bilan suyuq moddalar (suv, ichimliklar), hidli moddalar (konfetlar, shokolad, uy hayvonlarining axlatlari), metall buyumlar (tig‘lar, to‘g‘nog‘ichlar), yonuvchan moddalar, kuyuvchi/cheklovchi narsalar (sigaretalar, gugurtlar yoki issiq kullar), yuzasi faol moddalar yoki o‘tkir shishalarni tozalashga urinmang.

  • Gaz (tabiiy gaz, propan gaz va boshq.) chiqib ketgan hollarda bu yoki boshqa jihozlarni ishlatmang. Xonani shamollatish uchun darhol oynalarni oching.

  • Batareya quvvatlash stantsiyasida bo‘lgan holda quvvatlash stantsiyasini to‘ntarilgan holda ushlamang.

  • Jihozni va ayniqsa batareyani issiqlik, isitish qurilmasi yoki quyosh nurlari ta’sirida qoldirmang.

  • Jihozni yoki uning batareyasini oftobda turadigan transport vositasi ichida saqlamang.

  • Batareya ichiga hech qanday suv, ichimlik yoki yuvish vositasi kirishiga yo‘l qo‘ymang.

  • Batareyaga jismoniy kuch ishatmang.