Ushbu jihoz 8 yosh yoki undan katta bolalar, jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va bilimi kam shaxslar tomonidan ishlatilishi mumkin, bunda ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni nazorat qilib turishi yoki ko'rsatma bеrib turishi lozim. Bolalarning jihoz bilan o'ynashiga ruxsat bеrmang. Jihozni tozalash va unga tеxnik xizmat ko'rsatish nazoratsiz bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi lozim.
3 yoshdan kichik bolalar muntazam nazorat ostida bo‘lmasa, jihozga yaqinlashmasligi kerak.
Elektr kabeli shikastlangan hollarda yetishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki boshqa malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Ventilyatsiya tirqishlari gilam bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
Bu jihoz faqat uy ichida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Yangi shlang yoki jihoz bilan birga taqdim qilingan shlanglar to‘plamini ishlating. Eski shlanglar ishlatilsa, suv sizib chiqishi va natijada mulkka zarar yetishi mumkin.
Suv bosimi 50 kPa bilan 800 kPa orasida bo‘lishi kerak.