Yuqoriga > Ishlatish > Foydalanishdan avval > Ishlatish bo‘yicha izohlar

Ishlatish bo‘yicha izohlar

  • Agar eshiklari yaxshi yopilmagan bo‘lsa yoki yoz paytida namlik yuqori bo‘lsa, jihoz eshiklarida muz hosil bo‘lib qolishini foydalanuvchilar yodda tutishlari zarur.

  • Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy bor ekanligiga ishonch hosil qiling.

  • Eshikni uzoq vaqt ochib qo‘yish jihoz bo‘lmalaridagi haroratning sezilarli darajada ortishiga olib kelishi mumkin.

  • Agar sovutish jihozi uzoq vaqt davomida bo‘sh qoldirilsa, uni o‘chiring, muzlarini eriting, tozalang, quriting va jihoz ichida mog‘or hosil bo‘lishining oldini olish uchun eshigini ochiq qoldiring.