Energiyadan eng samarali tarzda foydalanish uchun barcha ichki qismlarning (mas., eshikdagi konteynerlar, tortma qutilar va polkalar) to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qiling.
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bu sovuq havoning barobar taqsimlanishi va elektr toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin qo‘ying.
Oziq-ovqat mahsulotini muzlatgich bo‘lmasida saqlaganda haroratni oziq-ovqat mahsulotida ko‘rsatilgandan ko‘ra pastroq qilib o‘rnating.
Jihoz haroratini talab qilinganidan pastroq haroratga o‘rnatmang.
Sovutgich bo‘lmasidagi harorat o‘lchagich yaqiniga oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘ymang. O‘lchagichdan kamida 3 sm masofa saqlang.
Muzdan tushirishdan so‘ng harorat ko‘tarilishi borasida jihozning texnik tavsiflarida ma’lum chegaralar belgilanganiga e’tibor qarating. Harorat ko‘tarilishi tufayli saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotiga bo‘ladigan ta’sirni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini zichlab yoping yoki bir necha qavat qilib o‘rab qo‘ying.