Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Xizmatga qo'ng'iroq qilishdan oldin > Ishlatish

Ishlatish

Qurilma normal ishlamayapti.

Sababi

Jihozdan yongan hid va g‘alati tovushlar chiqmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Namlik darajasi past bo‘lsa ham ichki blokdan suv sizib chiqmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Quvvat kabeli shikastlangan yoki haddan ortiq qizib ketmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Vyklyuchatel, avtomat (xavfsizlik, yerga ulash) yoki saqlagich tegishli darajada ishlamayapti.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Qurilma o‘zini-o’zini tashxislash funksiyasidan xatolik kodini chiqarmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Ventilyator tezligini sozlab bo’lmayapti.

Sababi

Havo oqimi rejimi tanlanadi.

Yechim
  • Ayrim ish rejimlarida siz ventilyator tezligini sozlay olmaysiz. Ventilyator tezligini sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.

Haroratni o‘zgartirib bo‘lmayapti.

Sababi

Ventilyator rejimi yoki Tezkor oqim rejimi tanlangan.

Yechim
  • Ayrim ish rejimlarida siz haroratni sozlay olmaysiz. Haroratni sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.

Qurilma ishlab turgan paytda to‘xtab qolmoqda.

Sababi

Qurilma kutilmaganda o‘chib qolmoqda.

Yechim
  • O‘chirish taymeri funksiyasining vaqti kelgan bo‘lib, taymer qurilmani o‘chirgan bo’lishi mumkin. Taymer sozlamalarini tekshiring.

Sababi

Ishlayotgan paytda elektr toki o‘chib qoldi.

Yechim
  • Elektr toki qayta kelishini kuting. Agar Avtomatik qayta ishga tushirish tushirish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, elektr toki kelgandan keyin bir necha daqiqadan so‘ng oxirgi rejimda ishga tushadi.

Qurilma ishlamayapti.

Sababi

Qurilma elektr tarmog'idan uzilgan.

Yechim
  • Elektr shnuri rozetkaga ulanganligini yoki quvvat izolyatorlari yoqilganligini tekshiring.

Sababi

Saqlagich kuygan yoki elektr ta’minoti uzilgan.

Yechim
  • Saqlagichni almashtiring yoki avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.

Sababi

Elektr toki uzilib qoldi.

Yechim
  • Elektr toki uzilganda qurilmani o‘chirib qo‘ying.

  • Elektr toki tiklanganida 3 daqiqa kuting, so‘ngra qurilmani yoqing.

Sababi

Quvvat juda yuqori yoki juda past.

Yechim
  • Avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.

Sababi

Qurilma o‘rnatilgan vaqtda avtomatik tarzda o‘chib qoldi.

Yechim
  • Qurilmani yoqing.

Sababi

Simsiz masofadan boshqarish pultida joylashtirilgan batareyalarning musbat manfiy tomonlari almashib qolgan.

Yechim
  • Batareyalar simsiz masofadan boshqarish pultiga to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling.

  • Agar batareyalar to‘g’ri joylashtirilgan bo’lsayu, qurilma hanuz ishlamasa, batareyani almashtiring va qayta urinib ko‘ring.

Qurilma sovuq havo chiqarmayapti.

Sababi

Havo tegishli ravishda aylanmayapti.

Yechim
  • Qurilmaning old qismini to‘sib qo‘yadigan pardalar, jalyuzi yoki mebel qismlari yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Havo filtri kirlangan.

Yechim
  • Havo filtrini har 2 haftada bir marta tozalang.

  • Batafsilroq ma’lumot uchun “Havo filtrini tozalash” bo‘limiga qarang.

Sababi

Xona harorati juda baland.

Yechim
  • Yozda xona ichidagi havoni to‘liq sovutish uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin. Bunday holda ichki havoni tez sovutish uchun Tezkor oqim rejimini tanlang.

Sababi

Sovuq havo xonadan chiqib ketmoqda.

Yechim
  • Xonadagi ventilyatsion darchalardan sovuq havo chiqib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Maqsadli harorat joriy haroratdan yuqori.

Yechim
  • Maqsadli haroratni joriy haroratdan pastroq qilib o‘rnating.

Sababi

Yaqin atrofda isitish manbasi mavjud.

Yechim
  • Havo konditsioneri ishlayotgan paytda elektr isitgich yoki gaz o‘chog‘i kabi ishiqlik manbalaridan foydalanishdan saqlaning.

Sababi

Ventilyator rejimi tanlangan.

Yechim
  • Ventilyator rejimida havo xona ichidagi havoni sovutmasdan yoki isitmasdan jihozdan chiqadi.

  • Ishlash rejimini sovutish rejimiga o‘tkazing.

Sababi

Tashqaridagi harorat o‘ta yuqori.

Yechim
  • Sovutish quvvati yetarli bo‘lmasligi mumkin.