Faqatgina konditsioner yorlig‘ida ko’rsatilgan sovutish vositasi turidan foydalaning.
Sertifikatlangan bo‘lmagan sovitish moddasidan foydalanmang.
Ko‘rsatilgan sovutish vositasidan tashqari tizimga boshqa hech qanday havo yoki gaz quymang.
O‘rnatish yoki ta’mirlash paytida sizib chiqayotgan sovutish vositasiga tegmang.
Konditsionerni o‘rnatgandan yoki ta’mirlagandan so‘ng sovutish vositasi sizib chiqmayotganligini tekshiring.
Qurilma mexanik shikastlanishlarning oldini olish mumkin bo‘lgan tarzda saqlanishi kerak.
Sovutish vositasi zanjirida ishlash yoki uni ochish bilan shug‘ullanadigan har qanday shaxs uning tarmoqda tan olingan baholash spetsifikatsiyasiga ko‘ra sovutish vositasi bilan xavfsiz tarzda ishlay olish vakolatini tasdiqlovchi sanoatda akkreditatsiyalangan baholash organining amaldagi sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Texnik xizmat ko‘rsatish faqat qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan tarzda amalga oshirilishi kerak. Boshqa malakali xodimlarning yordamini talab qiladigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yonuvchan sovutish vositalaridan foydalanish bo‘yicha vakolatga ega shaxsning nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Jihoz xona o‘lchami ishlashi uchun ko‘rsatilgan xoha sohasiga mos bo‘lgan yaxshi shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.
Barcha kerakli shamollatish teshiklarini ochiq holda saqlang.
Jihoz uzluksiz ishlovchi ochiq olov (masalan, ishlayotgan gaz jihozi) va oʻt oluvchi manbalar (masalan, ishlaydigan elektr isitkich) mavjud boʻlmagan xonada saqlanishi kerak.