LG TV Plus ilovasidan foydalanish
Aqlli qurilmangizda o’rnatilgan ilovadan foydalangan holda siz TV funktsiyalarini boshqarishingiz mumkin.
LG TV Plus ilovasidan foydalanib smart qurilmani televizorga ulash
  1. Smart qurilmangizning ilovalar do’konidan LG TV Plus ilovasini yuklab oling.
    QR kodini skanerlash orqali ilovani osongina yuklab olishingiz mumkin.
    Android

    Android QRAndroid QR

    iOS

    iOS QRiOS QR

  2. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing va yuqori o’ng tomonidagi Sozlash ikonkasiSozlash ikonkasi-ni tanlang.
  3. Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tarmoq-ga o’ting va LG Connect Apps-ni Yoq-ga o’rnating.
  4. TV va smart qurilmasini bitta Wi-Fi tarmoqqa ulang.
  5. Smart qurilmangizda o’rnatilgan LG TV Plus ilovasini ishga tushiring.
  6. Ilova smart qurilmangizga ulash mumkin bo’lgan televizorlarni avtomatik ravishda izlaydi.
  7. Qidirish natijalari ro’yxatidan o’zingiz xohlagan TVni tanlang. TV ekranida PIN-kod namoyish qilinadi.
  8. Aqlli qurilmangizni TV bilan birlashtirish uchun LG TV Plus ilovasida PIN-kodni kiriting.
LG TV Plus ilovasi bilan televizorni boshqarish
TVni boshqarish uchun aqlli qurilmangiz ekranidagi tugmalarni bosishingiz mumkin.

LG TV Plus ilovasiLG TV Plus ilovasi

  1. Magic pultning ko’rsatkichi va strelkalarning funksiyalarini ishlatishingiz mumkin.
  2. Ko’rsatuvni ko’rayotganda pultni ishlatmasdan kanalni o’zgartirish, tovush balandligini rostlash yoki boshqa sozlashlarni amalga oshirishingiz mumkin.
  3. Televizoringizda o’rnatilgan ilovani ochish mumkin yoki kirish nuqtasini almashtirish yoki sevimli kanallarni qo’shish singari funksiyalarni sozlash mumkin.
Tashqi kirish signali rejimida ayrim tugmalar cheklangan bo’lishi mumkin.
Ilovalar ekrani va ishlashi avvaldan xabardor qilinmagan holda o’zgartirilishi mumkin.
Mamlakatingiz va operatsion tizimga bog’liq ravishda mavjud xususiyatlar farq qilishi mumkin.