MAGIC LINK-dan foydalanish
U siz hozirda ko’rayotgan dasturga bog’liq bo’lgan turli videolar va ma’lumotlarni taqdim etadi.
-
Masofadan boshqarish pultidagi tugmasini bosing yoki ko’rsatkichni ekranning yuqori qismiga o’tkazing.
Kanal banneri namoyish qilinadi.
- Kanal banneridagi MAGIC LINK tugmasini bosing.
-
Siz ko’rayotgan dasturga oid turli ma’lumotlar ekranning quyi qismida namoyish qilinadi.
Kerakli ma’lumotlarni tanlang.
Bu xususiyat faqat ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
Mamlakatga bog’liq ravishda izlash diapazoni farq qilishi mumkin.
MAGIC LINK-dan foydalanilayotgan vaqtda taqdim qilingan tarkib siz tomosha qilayotgan dasturga mos kelmasligi mumkin.
MAGIC LINK-dan foydalanishdan avval kanalni Magic masofadan boshqarish pulti yordamida o’zgartiring.
Ayrim faqat kattalarga mo’ljallangan kanallar yoki qulflangan kanallar bu funksiyani qo’llab-quvvatlamaydi.
Siz ko’rayotgan dasturdagi ma’lumotlarga bog’liq ravishda izlash natijalari farq qilishi mumkin.