Kanallarni tahrirlash
Barcha saqlangan kanallar ichidan tanlab olingan kanallarni tahrirlash yoki ularni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish / o’chirish mumkin.
Barcha kanallar ro’yxatini tahrirlash
BOSH SAHIFABOSH SAHIFA Sozlash ikonkasiSozlash ikonkasi Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Kanallar Kanal menejeri Barcha kanallarga tahrirlash
Barcha saqlangan kanallar ichidan tanlab olingan kanallarni qulflash, qulfdan chiqarish yoki bir kanaldan ikkinchisiga o’tishda biror kanalni o’tkazib yuboriladigan qilib sozlash mumkin.

Barcha kanallarni tahrirlashBarcha kanallarni tahrirlash

  1. Saralash tartibini ko’rsatish.
  2. Tanlangan kanallarni qulflash yoki qulflangan kanallarni qulfdan chiqarish.
  3. Bir kanaldan ikkinchisiga o’tishda oldindan tanlab olingan kanallarni o’tkazib yuboriladigan qilib sozlash yoki bu parametrni bekor qilish.
  4. Ko’chirishKo’chirish : Tanlangan kanallarni ko’chirish.
    Raqamni o’zgartirishRaqamni o’zgartirish : Tanlangan kanallar raqamini o’zgartirish.
  5. Raqamni o’zgartirishRaqamni o’zgartirish : Tanlangan kanallar raqamini o’zgartirish.
    Yo’q qilmoqYo’q qilmoq : Tanlangan kanallarni o’chirib tashlash.
Efir signaliga bog’liq ravishda mavjud xususiyatlar farq qilishi mumkin.
Sun’iy yo’ldosh dasturlarini qo’llab-quvvatlaydigan modellar uchun sun’iy yo’ldosh kanallarini Sun’iy yo‘ldosh kanallarini tahrirlash (Qo‘shimcha) orqali boshqarishingiz mumkin.
Sevimli kanallar ro’yxatini tahrirlash
BOSH SAHIFABOSH SAHIFA Sozlash ikonkasiSozlash ikonkasi Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Kanallar Kanal menejeri Tanlanganlarga tahrirlash
O’zingiz xohlagan kanallarni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish yoki ro’yxatdan o’chirish, ularning tartibini o’zgartirish va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

Sevimlilarni tahrirlashSevimlilarni tahrirlash

  1. Kanallarni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish uchun barcha kanallar ro’yxatidan o’zingiz xohlagan kanallarni tanlang va mos tugmani bosing.
  2. Tanlab olingan kanallarni sevimli kanallar ro’yxatidan o’chirish.
  3. Sevimli kanallar ro’yxatidagi ikkita kanal o’rnini almashtirish uchun ularni tanlang va o’rnini almashtirish tugmasini bosing.
  4. Sevimli kanallar ro’yxati nomini o’zgartirish.