Rasm rejimini tanlash
Rasm
Tasvir rejimi parametrlari
Rasm rejimi
O’zingizning ko’rish muhitingiz, afzalliklaringiz yoki video turiga eng yaxshi darajada mos bo’lgan rasm rejimini tanlang.
Normal signallardan foydalanganda
- Jonli
- Kontrast, ravshanlik va aniqlikni orttirish orqali rasmni aniqlashtiradi.
- Standart
- Oddiy kontrast, ravshanlik va aniqlik darajalariga ega bo’lgan rasmni namoyish qiladi.
- Eco / APS
-
Energiyani tejash xususiyati quvvat iste’molini kamaytirish uchun televizordagi sozlanmalarni o’zgartiradi.
Model yoki mamlakatga bog’liq ravishda sozlanadigan elementlar farq qiladi.
- Kinoteatr
- Kino ko’rish uchun mos keladigan tasvir.
- Sport / Futbol / Cricket
-
Sport ko’rsatuvlari uchun mos keladigan tasvir. To’pni tepish yoki irg’itish kabi tezkor harakatlar ham ekranda tiniq namoyish qilinadi.
Mintaqaga bog’liq ravishda sport turi nomi farq qilishi mumkin.
- O‘yin
- O’yin o’ynash uchun mos keladigan tasvir.
- HDR Effekt
-
Bu xususiyat displeyning yorug’ va qorong’i sohalarini tuzatish orqali yanada dinamik, yanada toza tasvirdan rohatlanishingizga imkon beradi.
Bu xususiyat hattoki asl tasvirning gradatsiya darajasi baland bo’lgan hollarda ham jonli tasvirlar bilan ta’minlaydi.Agar Rasm rejimi-ni HDR Effekt-ga o’rnatsangiz, Tasvir rejimi parametrlari-ning ayrimlaridan foydalana olmaysiz. -
Mutaxassis
- Ranglar Golivudning sara kontenti ustida ishlaydigan Technicolor kompaniyasining ranglar sohasidagi mashhur mutaxassislari tomonidan sozlangan.
-
Ekspert (Yorug‘ xona)
/
Ekspert (Qorong‘i xona)
-
Ekspert yoki tasvir sifatini yaxshi ko’ruvchi istalgan kishiga eng yaxshi tasvir sifatiga sozlashga imkon beradi. Bu parametr ISF sertifikatiga ega bo’lgan tasvir sifatini sozlash ekspertlari uchun sozlash menyusidir. (ISF logotipidan faqat ISF sertifikatiga ega bo’lgan TV bilan bog’liq ravishda foydalanish mumkin.)
ISFccc : Imaging Science Foundation Certified Calibration Control
HDR / Advanced HDR / Dolby Vision signallaridan foydalanganda
- Jonli
- Kontrast, ravshanlik va aniqlikni orttirish orqali rasmni aniqlashtiradi.
- Standart
- Oddiy ko’rish muhitida u HDR ifodaliligi va ravshanligini to’g’ri ko’rsata oladigan ekranni ochadi.
- Uy kinoteatri
- Ekran Kinoteatr-ga nisbatan yorqinroq va aniqroq ekran sifatida paydo bo’ladi.
- Kinoteatr
- HDR video signali uchun mos keladigan tasvir.
- O‘yin
- O’yin o’ynash uchun mos keladigan tasvir.
-
Mutaxassis
- Ranglar Golivudning sara kontenti ustida ishlaydigan Technicolor kompaniyasining ranglar sohasidagi mashhur mutaxassislari tomonidan sozlangan.
Agar HDR / Advanced HDR / Dolby Vision video signali HDR / Advanced HDR / Dolby Vision texnologiyasini qo’llab-quvvatlamaydigan modellarga kiritiladigan bo’lsa, u normal signallar rasmi rejimi variantlarini taqdim qiladi.
Model yoki mamlakatga bog’liq ravishda sozlanadigan elementlar farq qiladi.
Kirish signaliga bog’liq ravishda mavjud rasm rejimlari turlicha bo’lishi mumkin.
Onlayn xizmat tarkibini tomosha qilish vaqtida namoyish qilinayotgan tarkibga mos kelishi uchun Tasvir rejimi o’zgartirilishi mumkin.
Mutaxassis tasvir sifati bo’yicha ekspertga standart tasvir sifatini nozik sozlashga imkon beruvchi opsiyadir. Shuning uchun u oddiy tasvirlar uchun samarali bo’lmasligi mumkin.
Rasm rejimi o’zgartirilishi Quvvat tejash va Harakatdagi ko‘z himoyasi parametrlarini o’zgartirishi mumkin va u energiya iste’moliga ta’sir qilishi mumkin.
Ularning parametrlarini qo’lda Quvvat tejash va Rasm opsiyalari menyusida o’zgartirishingiz mumkin.