Fotosuratlar va videolarni ko’rish
Fotosurat va video ilovasidan foydalangan holda fotosuratlar va videolarni ko’rishingiz mumkin.
  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. Fotosurat va video ilovasini ishga tushiring.
  3. Kerakli xotira qurilmasini tanlang.
  4. O’zingiz xohlagan fotosurat yoki videoni tanlang va ko’ring.

Fotosurat va videolarFotosurat va videolar

  1. Xohlagan tarkib turi va ko’rish usulini tanlang.
  2. Tegishli tarkibni tanlang va o’chiring.
    Boshqa qurilmalardan baham ko’rilgan fayllarni o’chira olmaysiz.
  3. O’ynatmoqchi bo’lgan tarkibni tanlang. Siz faqat o’zingiz birinchi bo’lib tanlagan turdagi tarkibni tanlashingiz mumkin.
  4. USB saqlash qurilmasiga kontent nusxalashingiz mumkin.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
  5. Qidirish-ni ishga tushiring.
Agar barcha tarkiblar soni 40000 dan ortib ketsa, ayrim tarkiblar ro’yxatda namoyish qilinmasligi mumkin.
Foto pleyer
Fotosurat va video ilovasidagi fotosuratni tanlash foto pleyerini ishga tushiradi. O’zingiz saqlagan fotosuratlarni ko’rishingiz mumkin.

Foto-pleyerFoto-pleyer

  1. To’liq tarkiblar ro’yxatiga qaytadi.
  2. Musiqa pleyerini ishga tushirish orqali fon musiqasini o’ynatishingiz mumkin.
  3. Fotosuratlarni kattalashtirishingiz / kichiklashtirishingiz mumkin.
  4. Slayd-shouni boshlaydi.
  5. Fotosuratlarni aylantiradi.
  6. 360 darajali fotosuratlarni 360 darajada ko’rish mumkin.
    Oddiy fotosuratda 360˚ VR IJRO foydalanish tasvirni buzishi mumkin.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
  7. Fotosurat hajmini o’rnatishingiz yoki slayd-shou tezligi va effektini o’zgartirishingiz mumkin.
Qo’llab-quvvatlanadigan fotosurat fayllari
Qo’llab-quvvatlanadigan fotosurat fayllari
Fayl formati Format Yechim
jpeg, jpg, jpe JPEG Minimum : 64 × 64
Maksimum
Oddiy tur : 15360 (K) × 8640 (B)
Progressiv tur : 1920 (K) × 1440 (B)
png PNG Minimum : 64 × 64
Maksimum : 5760 (K) × 5760 (B)
bmp BMP Minimum : 64 × 64
Maksimum : 1920 (K) × 1080 (B)
Video-pleyer
Fotosurat va video ilovasidagi videoni tanlash video-pleyerni ishga tushiradi. O’zingiz saqlagan videolarni ko’rishingiz mumkin.

Video pleyerVideo pleyer

  1. To’liq tarkiblar ro’yxatiga qaytadi.
  2. Video tomosha qilish vaqtida ijro ro’yxatini namoyish qilish orqali boshqa tarkibni tanlashingiz mumkin.
  3. Videolarni asosiy o’ynatish funksiyalarini boshqarishingiz mumkin.
  4. Videolarni aylantirish.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
  5. 360 darajali videolarni 360 darajada ko’rish mumkin.
    Oddiy videoda 360˚ VR IJRO foydalanish tasvirni buzishi mumkin.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
  6. TV displeyini kattalashtirish orqali tasvirlarni asl hajmlariga qaraganda kattaroq hajmda ko’rishingiz mumkin.
    Batafsil ma’lumotlar olish uchun Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da Smart TV-ning afzalliklari TV ekranini kattalashtirish-ni ko’ring.
  7. Qo’shimcha opsiyalarni o’rnatishingiz mumkin.
Qo’shimcha parametrlarni sozlash

Video pleyerning ko’proq variantlariVideo pleyerning ko’proq variantlari

  1. Subtitr parametrlarini o’zgartirishingiz mumkin.
  2. Audio treklarni o’rnatishingiz mumkin.
  3. So’nggi ko’rilgan sahnadan ko’rishni qayta boshlash uchun tomosha qilishni davom ettirish-ni o’rnatishingiz mumkin.
    TV Tezkor boshlash+ dan foydalangan holda yoqilganda tomosha qilishni davom ettirish tez ishlamasligi mumkin.
  4. Uzluksiz o’ynatishni o’rnatishingiz mumkin.
    Agar uzluksiz o’ynatish o’rnatilgan bo’lsa, videoni o’ynatish yakunlanishi bilan keyingi video avtomatik ravishda o’ynatiladi.
  5. Asosiy operatsiyalar ekraniga qaytadi.
Qo’llab-quvvatlanadigan video fayllari
Ma’lumotlar o’tkazishning eng yuqori tezligi:
Qo’llab-quvvatlanadigan tashqi subtitrlar
smi, srt, sub (MicroDVD, SubViewer 1.0/2.0), ass, ssa, txt (TMPlayer), psb (PowerDivX), dcs (DLP Cinema)
Ichki qurilgan subtitr formati:
Matroska (mkv) : Sub Station Alpha (SSA), Advanced Sub Station Alpha (ASS), SRT
MP4 : Timed Text
Qo’llab-quvvatlanadigan video kodeklar
Kengaytirma, Kodek
Kengaytirma Kodek
asf
wmv
Video VC-1 Kengaytirilgan profil (WMVA-dan tashqari), VC-1 Simple va Main profillar
Audio WMA Standard (WMA v1 / WMA nutqdan tashqari)
avi Video Xvid (3 ta asosiy nuqtali GMC-dan tashqari), H.264/AVC, Motion Jpeg, MPEG-4
Audio MPEG-1 Layer I, II, MPEG-1 Layer III (MP3), Dolby Digital, LPCM, ADPCM, DTS
mp4
m4v
mov
Video H.264/AVC, MPEG-4, HEVC
Audio Dolby Digital, Dolby Digital Plus, AAC, MPEG-1 Layer III (MP3), Dolby AC-4
3gp
3g2
Video H.264/AVC, MPEG-4
Audio AAC, AMR-NB, AMR-WB
mkv Video MPEG-2, MPEG-4, H.264/AVC, VP8, VP9, HEVC
Audio Dolby Digital, Dolby Digital Plus, AAC, PCM, DTS, MPEG-1 Layer I, II, MPEG-1 Layer III (MP3)
ts
trp
tp
mts
Video H.264/AVC, MPEG-2, HEVC
Audio MPEG-1 Layer I, II, MPEG-1 Layer III (MP3), Dolby Digital, Dolby Digital Plus, AAC, PCM, Dolby AC-4
mpg
mpeg
dat
Video MPEG-1, MPEG-2
Audio MPEG-1 Layer I, II, MPEG-1 Layer III (MP3)
vob Video MPEG-1, MPEG-2
Audio Dolby Digital, MPEG-1 Layer I, II, DVD-LPCM
rm
rmvb
Video RV30, RV40
Audio Realaudio6 (cook), AAC LC, HE-AAC
rm, rmvb : Bu xususiyat faqat ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
Dolby AC-4 : Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
Video o’ynatish vaqtida e’tibor berish kerak bo’lgan narsalar
Ayrim foydalanuvchi tomonidan yaratilgan subtitrlar to’g’ri o’ynatilmasligi mumkin.
Video va subtitr fayllari bitta papkaga joylashtirilgan bo’lishi kerak. To’g’ri namoyish qilinishi kerak bo’lgan subtitrlar uchun video fayl bilan subtitr fayli bitta nomga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ishlab chiqaruvchi va modelga bog’liq ravishda Network Attached Storage (NAS) qurilmasidagi subtitrlar qo’llab-quvvatlanmasligi mumkin.
Global Motion Compensation (GMC) va Quarterpel Motion Estimation (Qpel)ni o’z ichiga oluvchi oqimlar qo’llab-quvvatlanmaydi.
ULTRA HD videosi (Faqat ULTRA HD model) : 3840 × 2160, 4096 × 2160
O’ynatish mumkin bo’lgan fayl hajmlari kodlash sharoitiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
Faqat Window Media Audio V7 va undan balandroq versiyalar qo’llab-quvvatlanadi.
AAC main profili qo’llab-quvvatlanmaydi.
Ayrim kodlashtiruvchi dasturlar tomonidan yaratilgan video fayllar o’ynatilmasligi mumkin.
Ko’rsatilganlaridan boshqa formatdagi video fayllar to’g’ri o’ynatilmasligi mumkin.
Yuqori tezlikni qo’llab-quvvatlamaydigan USB xotira qurilmasida saqlangan video fayllar to’g’ri o’ynatilmasligi mumkin.
DTS kodeklar faqat USB va HDMI video fayllarini o’ynatish uchun qo’llab-quvvatlanadi.