Kontent almashuvi nima?
Kontent almashuvi ShKomp’da saqlangan videolar, musiqa va fotosuratlardan bahramand bo’lishga imkon beradi.
Kontent almashuvi dasturiy ta’minoti bilan SHKda o’ynating
Agar kompyuteringizda Windows 7 yoki yangirog’i o’rnatilgan bo’lsa, alohida dastur o’rnatishga hojat yo’q; musiqa, video, suratlar va boshqalarni televizoringizda ijro qilishingiz mumkin.
- TV va kompyuterni bitta tarmoqqa ulang. Windows 7 yoki yangirog’i o’rnatilgan kompyuterlar tarmoqqa ham ulangan bo’lishi kerak.
-
Istalgan musiqa / video / surat fayliga sichqoncha orqali o’ng tugmasini bosing va “Play To” xususiyati orqali ko’ring, bu xususiyat Windows 7 yoki yangirog’ida mavjud.
Mobil telefon kabi boshqa qurilmalarda o’ynatish uchun tegishli foydalanuvchi yo’riqnomasiga qarang.
Garchi bir nechta TVlar yoki qurilmalar ulangan bo’lsa ham, tanlangan fayl faqat bitta qurilma orqali o’ynatiladi. Tarmoq ulanishiga bog’liq ravishda o’ynatish tezligi farq qilishi mumkin.
ShKda saqlangan tarkibni o’ynatish uchun SmartShare ShK dasturiy ta’minotidan foydalaning
ShKda saqlangan musiqa / videolar / fotosuratlarni uy tarmog’ingizga ulash va ularni TVda o’ynatish uchun SmartShare ShK dasturiy ta’minotidan foydalanishingiz mumkin.
-
Bitta tarmoqda SmartShare bilan o’rnatilgan TV va ShKni sozlang.
SmartShare xizmatidan faqat TV va server ShK bitta marshrutizatorga ulangan hollarda foydalanish mumkin.
-
LG veb-saytidan SmartShare ShK dasturiy ta’minotini yuklab oling va o’rnating.
O’rnatishdan avval ShKda ishlayotgan brandmauer yoki antivirus dasturi kabi barcha dasturlardan chiqing. - SmartShare ShK dasturiy ta’minotini ishga tushiring va baham ko’rish ma’lumotlarini sozlang.
- Baham ko’rilgan videolar va fotosuratlar TVdagi Fotosurat va video ilovasida va baham ko’rilgan musiqalar TVdagi Musiqa ilovasida o’ynatiladi.
TVda baham ko’rilgan faylni tomosha qilish uchun server faollashtirilgan bo’lishi kerak.
Siz ma’lumotlarni
QURILMA ULAGICHI SHK Tarkibni ulashish-dan tekshirishingiz mumkin.
QURILMA ULAGICHI SHK Tarkibni ulashish-dan tekshirishingiz mumkin.
SmartShare ShK dasturiy ta’minotidan qanday foydalanish to’g’risida ma’lumotlar olish uchun dasturiy ta’minotning yordam bo’limiga qarang.
Kontent almashuvining e’tiborni talab qiladigan holatlari
Agar kontent almashuvi optsiyasi to’g’ri ishlamasa, tarmoq parametrlarini tekshiring.
Simsiz tarmoqda to’g’ri ishlamasligi mumkin. Simli tarmoqqa ulashingiz talab qilinadi.
Tarmoq muhitiga bog’liq ravishda to’g’ri ishlamasligi mumkin.
Agar bitta qurilmaga bir nechta TV ulangan bo’lsa, serverning ishlashiga bog’liq ravishda tarkib to’g’ri o’ynatilmasigi mumkin.
Kontent almashuvi funktsiyasi orqali 1080p videoni ko’rish uchun 5 GGz chastotadan foydalanuvchi router talab qilinadi. 2,4 GGz routerdan foydalanilsa, video to’g’ri o’ynatilmasligi mumkin.
Kontent almashuvi funktsiyasi ko’p manzillikni qo’llab-quvvatlamaydigan router uchun qo’llab-quvvatlanmasligi mumkin. Ko’proq ma’lumotlar olish uchun routeringiz bilan birga berilgan foydalanuvchi qo’llanmasiga qarang yoki ishlab chiqaruvchiga murojaat qiling.
Sarlavhalar faqat ayrim ulangan qurilmalarda qo’llab-quvvatlanadi.
SmartShare SHK dasturiy ta’minoti titrlarni o’qish uchun tavsiya qilinadi.
Subtitr fayli keyinroq qo’shilganda baham ko’rilgan papkani o’chiring va keyin uni qayta yoqing.
Ulangan qurilmadagi DRM fayllari o’ynatilmaydi.
Hattoki TV tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan fayl formati uchun ham ulangan qurilma muhitiga bog’liq ravishda qo’llab-quvvatlanadigan fayl formati farq qilishi mumkin.
Agar papkalar yoki papkadagi fayllar soni haddan tashqari ko’p bo’lsa, u to’g’ri ishlamasligi mumkin.
Ulangan qurilmadan import qilingan ma’lumotlar to’g’ri namoyish qilinmasligi mumkin.
Kodirovkaga bog’liq ravishda ba’zi oqimlar tarkibni baham ko’rish rejimida ko’rsatmasligi mumkin.