ShKomp ekranini TVda ko’rish
Simsiz ulash
  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. Screen Share ilovasini ishga tushiring.
  3. Kompyuterda Miracast funksiyasini ishga tushiring. Televizoringiz mavjud qurilmalar ro’yxatida namoyish qilinadi.
  4. Televizorni tanlang va ulanishni talab qiling.
  5. Ulanish o’rnatilgandan keyin TV ulangan qurilma ekranini namoyish qiladi.
Ishonchli ulanish uchun qurilmangizni TVga ulangan holda doimo so’nggi OT versiyasiga yangilashingiz tavsiya etiladi.
Bu funksiyadan yaqin masofada foydalanish tavsiya qilinadi.
Garchi uni simsiz rutersiz ulash mumkin bo’lsada, qurilmangizni 5 GGs routerga ulash tavsiya qilinadi, chunki uning ishlashiga atrofdagi simsiz muhit ta’sir qilishi mumkin.
Foydalanuvchi muhitiga bog’liq ravishda javob darajasi farq qilishi mumkin.
U Windows versiyasidan farq qiladi. O’zingiz ulanmoqchi bo’lgan qurilma to’g’risida batafsil ma’lumotlar olish uchun foydalanuvchi qo’llanmasiga qarang.
Batafsil ma’lumotlar uchun Screen Share ilovasiga qarang.
Agar ulanish qayta-qayta xatolikka uchrasa, o’zingiz ulanmoqchi bo’lgan TV va qurilmani o’chiring, keyin ularni yana yoqing va qaytadan urining.
Simli ulash
ShKomp’ni HDMI kabeli orqali TVga ulang.