LG webOS TV-ning Uy xususiyatidan foydalanish
Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosish orqali Bosh ekranni ochishingiz mumkin.
Tez-tez foydalaniladigan ilovalarni bitta ekranga birlashtirishingiz va istalgan vaqtda ulardan istalganidan foydalanishingiz mumkin.

BOSH SAHIFA displeyiBOSH SAHIFA displeyi

  1. Qidirish-ni ishga tushiring.
  2. Musiqa tinglash vaqtida TVning boshqa xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
  3. Boshqa kirishga o’tishingiz yoki o’z parametrlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.
  4. TV parametrlarini osongina o’zgartirishingiz mumkin.
    Kengaytirilgan o’rnatish uchun Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi tugmasini tanlang.
  5. Undan osongina va tez foydalanish uchun o’zingiz xohlagan tarkibni qo’shing.
    (Bu xususiyat ayrim mamlakatlarda qo’llab-quvvatlanmaydi. Bu xususiyatni tanlaganingizda siz LG Tarkiblar do’koniga yo’naltirilasiz.)
  6. O’zingiz xohlagan kanallarni qo’shish orqali kanal ma’lumotlarini tekshirishingiz va o’zingiz xohlagan kanalni osongina va tez tomosha qilishingiz mumkin.
  7. Bu – yaqinda foydalanilgan ilovalar ro’yxati. Uni Wheel (OK) tugmsi bilan bosing va ushlab turing yoki pastdagi Oxirgilar tugmasini tanlang. Yaqinda foydalanilgan ilovalarni ishga tushirishingiz yoki ulardan chiqishingiz mumkin.
  8. TVda o’rnatilgan barcha ilovalarni ishlatish, ko’chirish yoki o’chirish mumkin.
Oxirgi ro’yxatdan foydalanish
O’zingiz yaqinda Bosh sahifa ekranida ishga tushirgan elementga bosib turing yoki pastdagi Oxirgilar tugmasini tanlang.
Pultda BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosib turish ham mumkin.
Yaqinda foydalanilgan ilovalarni ishga tushirishingiz yoki ulardan chiqishingiz mumkin.

Oxirgi ro’yxatOxirgi ro’yxat

  1. Ilovadan chiqing.
Ilovalarni boshqarish
TVda o’rnatilgan barcha ilovalar ro’yxatini ko’rishingiz, ularning joylarini o’zgartirishingiz yoki ularni o’chirishingiz mumkin.

Ilovalarni boshqarishIlovalarni boshqarish

  1. O’zingiz tahrirlamoqchi bo’lgan ilovani tanlang va masofadan boshqarish pultidagi Wheel (OK) tugmasini bosib turing.
    Bu ilovani tahrirlash rejimini faollashtiradi.
  2. Ilovani o’zingiz xohlagan joyga ko’chirish uchun o’sha joyga o’ting va Wheel (OK) tugmasini bosing.
    Ilovani o’chirish uchun ilova tepasidagi Ilovani yo’q qilishIlovani yo’q qilish ikonkasini tanlang.
    Tahrirlash rejimidan chiqishdan avval o’zingiz xohlagancha sondagi ilovalarni ko’chirishingiz va o’chirishingiz mumkin.
    Siz yana masofadan boshqarish pultidagi ChapChap / O’ngO’ng tugmalari bilan ham ilovalarni ko’chirishingiz mumkin.
  3. Tahrirlashni yakunlaganingizda ilovani tahrirlash rejimidan chiqish uchun BAJARILDI-ni cherting.
Ayrim ilovalarni tahrirlab bo’lmaydi.
Joriy funktsiyani to’xtatish
  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. Yopish tasvirini aks ettirish uchun Masofadan boshqarish pulti yordamida yuqorida chap burchakdagi ilova nomini tanlang.
  3. Foydalanilayotgan funktsiyadan chiqish uchun ilova nomi yonida namoyish qilingan Yopish ikonkasini tanlang.

YopishYopish