Tez ishga tushirish xususiyati
Bu xususiyat BOSHLASH / KIRITISH tugmasining har safar bosilishi bilan Yuqori quvvatli pishirishning 30 soniyali oraliqlarini o‘rnatishingizga imkon beradi.TO'XTATISH / TOZALASH tugmasini bosing.BOSHLASH / KIRITISH tugmasini to'rt marta bosing.Pech pishirishni boshlaydi va displeyda vaqtning teskasi hisobi boshlanadi.Pech darhol 30 soniya davomida yuqori quvvatda pishirishni boshlaydi.Ushbu tugma har safar bosilganida pishirish vaqtini 30 soniyaga orttirish uchun BOSHLASH / KIRITISH tugmasini qayta-qayta bosing.Pishirish vaqtini 99 daqiqa 59 soniyagacha uzaytirish mumkin.
Qo'lda pishirish
Avtomatik pishirish funksiyalaridan foydalanilmayotganida pishirish vaqti va quvvat darajasi qo'lda o'rnatiladi.TO'XTATISH / TOZALASH tugmasini bosing.QUVVAT tugmasini kerakli quvvat darajasi disleyda paydo bo'lgunicha bosib turing.KO'PROQ / OZROQ tugmasidan foydalangan holda kerakli vaqtni tanlang va BOSHLASH / KIRITISH tugmasini bosing.Pishirish yakunlanganida gudok tovushi chalinadi va displey oynasida End ko'rsatiladi. Eshik ochilgunicha yoki biror-bir tugma bosilgunicha End ekranda qoladi va gudok tovushi har daqiqa chalinadi.Agar quvvat darajasi tanlanmagan bo'lsa, pech sukut bo'yicha Yuqori quvvatda ishlaydi.