Ilovalarni o'rnatish
Turli ilovalarni TVga o'rnatish uchun LG hisob qaydnomangizdan foydalanishingiz mumkin.

- Masofadan boshqarish pultida
tugmasini bosing va ekranning quyi o'ng burchagidagi
-ni tanlang. - LG Content Store ilovasini ishga tushiradi.
- Toifalar ro'yxatidan Ilova va o‘yin yoki Premium kabi toifani tanlang. Tanlangan toifada mavjud bo'lgan ilovalar ro'yxati namoyish qilinadi.
- Ro'yxatdan xarid qilmoqchi bo'lgan ilovani tanlang.
- Ilovaning batafsil ma'lumotlarini o'qib chiqing va keyin O‘rnatish-ni bosing.
Pullik ilovalar uchun narxi ekranda ko'rsatiladi. Xarid qilish uchun to'lov va xaridning haqiqiyligini tekshirish talab qilinadi. - O'rnatish tugallanganda, siz ilovani darhol ishga tushirishingiz mumkin. Siz TVda o'rnatilgan barcha ilovalarni ko'rishingiz mumkin. Masofadan boshqarish pultida
tugmasini bosing va ekranning quyi o'ng burchagidagi
-ni tanlang.
Mavjud toifalar mamlakat yoki xizmat holatiga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Siz ilovalarni/tarkibni ShKomp yoki TVda xarid qilishingiz mumkin, biroq ularni faqat TVga o'rnatish yoki TVda o'ynatish mumkin.
Agar TV xotirasida bo'sh joy yetarli bo'lmasa, siz ilovalarni tashqi xotira qurilmasini ulash orqali o'rnatishingiz mumkin.
USB qurilmalaridagi boshqa TVlardan olingan ilovalardan foydalanib bo'lmaydi.
VOD tarkibni ko'rish
[Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlardagina mavjud.]
Haqiqiy vaqtlardagi oqimlashtirish bilan siz dramalar, filmlar kabilardan darhol rohatlanishingiz mumkin.
Haqiqiy vaqtlardagi oqimlashtirish bilan siz dramalar, filmlar kabilardan darhol rohatlanishingiz mumkin.
- Masofadan boshqarish pultida
tugmasini bosing va ekranning quyi o'ng burchagidagi
-ni tanlang. - LG Content Store ilovasini ishga tushiradi.
- Toifalar ro'yxatidan TV-SHOULAR yoki Filmlar kabi toifani tanlang. Tanlangan toifada mavjud bo'lgan tarkiblar ro'yxati namoyish qilinadi.
- Ro'yxatdan birortasini tanlang.
- Tarkibning batafsil ma'lumotlarini o'qing va keyin Hozir tomosha qilish-ni bosing.
- O'ynatish optsiya tanlang. Tanlangan o'ynatish optsiyasiga ega bo'lgan tarkibni o'ynatish uchun ilova talab qilinishi mumkin. Agar o'rnatilmagan bo'lsa, tarkibni o'ynatish uchun ilovani o'rnating.
- Pullik ilovalar uchun to'lov va xaridning haqiqiyligini tasdiqlash talab qilinadi.
- Tarkib tanlangan optsiyadan foydalangan holda o'ynatiladi.
Mavjud toifalar mamlakat yoki xizmat holatiga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
[Bu xususiyat faqat 3D modellarda mavjud.] Ayrim 3D tarkiblarinigina ko'rish uchun sotib olingan TVda ko'rish mumkin.
Kattalar uchun mo'ljallangan tarkiblarni xarid qilish va o'ynatish uchun yoshni tasdiqalash jarayoni talab qilinadi.