Voice Mate-dan foydalanish
Voice Mate ovoz yordamida dasturlar va tarkiblarni qidirish va LG webOS TV-ning turli xususiyatlarini ishga tushirish imkonini beradi.
  1. Magic masofadan boshqarish pultidagi Mike tugmasini bosing.
  2. Voice Mate ma'lumotlarini namoyish qilish oynasi quyida ko'rsatilgani kabi TV ekranining quyi chap burchagida ochilganida o'zingiz xohlagan amalni ayting. Siz gapiradigan matn ekranda namoyish qilinadi va Voice Mate xususiyatini ishga tushiradi.

    Voice Mate display

    Speak to Magic Remote

  3. Xususiyatni ishlatish nihoyasiga yetkazilgach, natijalar ro'yxati quyida ko'rsatilgani kabi namoyish qilinadi. O'zingiz xohlagan natijani tanlang yoki qaytadan qidirish uchun Magic masofadan boshqarish pultidagi Mike tugmasini bosing.

    Search Result on Voice Mate

Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.
Voice Mate-dan foydalanish uchun siz tanlangan mamlakat uchun Ovozni tanish tilini o'rnatishingiz kerak.
Voice Mate-dan foydalanib ishlatish mumkin bo'lgan xususiyatlar
Voice Mate-dan foydalangan holda siz TV'ning turli xususiyatlariga kirishingiz mumkin.
TV TOMOSHA QILISH
Dasturlarni yozib oladi yoki kanallar va ovoz balandliklarini o'tkazadi,
masalan "Ovoz balandligini ko'tarish/pasaytirish." / "OOO (Raqam) kanalga o'tish." / "OOO (Kanal nomi)ga o'tish."
KONFIGURATSIYALAR
TVga ulangan qurilmalarga kirish signallarini o'tkazadi yoki TVni sozlaydi,
masalan "HDMI1" / "Rasm parametrlari" / "Ovoz parametrlari" / "Uyqu taymeri"
YORLIQLAR
TVga o'rnatilgan ilovalarni yoqadi,
masalan "TV qo'llanmasi" / "Dastur ma'lumoti" / "YouTube" / "Qurilma ulagichi"
TV DASTURLARNI QIDIRISH
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Efirga uzatilayotgan dasturlarni qidiradi yoki dastur ma'lumotlarini namoyish qiladi,
masalan "Sport kanallarini qidirish." / "Hafta oxirida qanday seriallar qo'yilishini bilish." / "OOO (Aktyor) ishtirokidagi seriallarni qidirish."
VIDEOLARNI QIDIRISH
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
O'zingiz xohlagan tarkiblarni qidiradi yoki tavsiya qiladi,
masalan "Ko'rish uchun biror narsa." / "YouTube qidirishi OOO (Film nomi)."
MA'LUMOTLARNI QIDIRISH
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Ob-havo xabarlarini qidiradi va Internet sahifalarini ko'rishga imkon beradi,
masalan "Internetda OOO (Qidirish so'zi)ni qidirish." / "OOO (Shahar)da ob-havo qanday?"
Mavjud funktsiyalar mamlakatga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Avvalgi qidirish natijalari ro'yxatini ko'rish uchun Voice Mate ma'lumotlarini namoyish oynasi ustida Magic masofadan boshqarish pultidagi Down tugmasini bosing.
Namunaviy matn TV xususiyatlaridan farq qilishi mumkin. Qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlarda Ovoz yo'riqnomasini ko'rish uchun ovozni tanish ma'lumotlarini namoyish qilish oynasi namoyish qilinganda Wheel (OK) tugmasini bosing.
Voice Mate-dan foydalanishdagi ehtiyot choralari
Har bir Voice Mate funktsiyasidan foydalanganda tarmoq, kanal, va mintaqa kabi optsiyalarni o'rnatishingiz kerak. Agar yo'q bo'lsa, Voice Mate qisman foydalanish uchun cheklangan bo'ladi.
Tarmoq ulanmaganda ayrim kanallarda kanallarni o'tkazish xususiyatidan foydalanib bo'lmaydi.
TV tarmoqqa ulangan bo'lganda, ovozni tanish undan foydalanishi uchun siz Foydalanish shartlariga rozilik berishingiz kerak.
Ovozni tanish tilini HOMESetting iconAdvanced Settings iconUmumiyTil (Language)Ovozni tanish tili-da o'zgartirish mumkin.
Mamlakatga bog'liq ravishda mintaqalar yoki kanallarni o'rnatmasdan turib, Voice Mate-dan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchining o'ziga xos xususiyatlari (ovoz balandligi, talaffuz, urg'u va tezlik) va atrof-muhitga (shovqin darajasi va TV ovozining balandligi) bog'liq ravishda Voice Mate-ning ovozni tanish aniqligi farq qilishi mumkin.
Ovozni tanish aniqligini yaxshilash uchun Magic masofadan boshqarish pulti mikrofonidan 10 smga yaqin masofadan turgan holda aniq qilib va baland ovozda gapirishingiz kerak.
Agar ovozingiz to'g'ri tanib olinmasa, Voice Mate funktsiyasi noto'g'ri ishlashi mumkin.
Televizion pristavkani LG webOS TV-ga ulagandan keyin Voice Mate-dan Magic masofadan boshqarish pultida foydalangan vaqtda, ovozli buyruq tanib olingandan keyin, Magic masofadan boshqarish pultini televizion pristavkaga yo'naltirish tavsiya qilinadi.